Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Sport

Istanbulda o‘zbek kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti kubogi uchun xalqaro turnir o‘tkazildi

ISTANBUL, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. Istanbul shahrida O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xalqaro musobaqa O‘zbekiston Kurash federatsiyasi va mamlakatimiz Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.  

Turnirning rasmiy ochilish marosimida Istanbul shahar rahbariyati, Yevropa kurash federatsiyasi, Turkiya sport va yoshlar vazirligi, «O‘zbekiston madaniyati va birdamligi jamiyati», “Avraziya” federatsiyasi vakillari, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston diplomatlari  va jurnalistlar  ishtirok etdi.

O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Komil Yusupov, Bosh konsul Amirsaid Aʼzamxo‘jayev polvonlarga omad tiladi.

O‘zbek kurashining tarixi va o‘ziga xos jihatlari, yoshlar qalbida milliy g‘ururni yuksaltirish, vatanparvarlik, mardlik, olijanoblik  to‘yg‘ularini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritildi. Xalqaro maydonda o‘zbek kurashining obro‘sini oshirish,  mushtarak qadriyatlarimizni dunyoga namoyish etish borasidagi amaliy chora-tadbirlar alohida eʼtibor qaratildi.  

Turnirda Afg‘oniston, Bolgariya, Latviya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 30 dan ziyod kurashchi o‘zaro bellashdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Muhammadkarim Hurramov, ayollar o‘rtasida esa turkiyalik Eje Zurnaji xalqaro turnirning mutlaq  g‘oliblari bo‘ldi.

Turnir g‘olib va sovrindorlariga  tashkilotchilar tomonidan mukofotlar topshirildi.

Mavzuga oid

Toshkent «Katta dubulg‘a» musobaqasiga s...

Bugun poytaxtimizdagi «Humo arena» muz saroyida dzyudo bo‘yicha Toshkent «Katta dubulg‘a» ...

“Tokio-2020”: Dzyudo bahslari uchun qurʼ...

“Tokio–2020” yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bahslari uchun qurʼa tashlash marosimi bo‘...

Denis Istomin AQShdagi turnir finaligach...

Tennis bo‘yicha yurtimizning birinchi raqamli raketkachisi Denis Istomin ayni paytda AQShd...

So`nggi yangiliklar