Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Yanvar/2023   Vatandoshlarimiz

Istanbulda Turkiyaning “ADS Hukuk” shirkati advokatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

ISTANBUL, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida keng qamrovli strategik shekriklik aloqalarini  2023 yilda yana-da jadallashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejasining ijrosini taʼminlash, shuningdek, yurtimiz fuqarolari bilan bog‘liq muammoband holatlarni tahlil qilish va ularning oldini olish maqsadida mamlakatimizning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari “ADS Hukuk” yuridik firmasi rahbari Goksel Elmaji va advokat Tug‘je Mandal bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Suhbat chog‘ida diplomatlar tomonidan “ADS Hukuk” firmasi xodimlariga 2022 yil davomida fuqarolarimizga ko‘rsatilgan bepul yuridik maslahatlar uchun minnatdorlik bildirilgani barobarida o‘zaro hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish va boshqa yo‘nalishlardagi  hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Advokatlar 2022 yilning so‘nggi 5 oyi mobaynida Bosh konsulxona binosida (haftaning juma kunlari) 250 nafardan ortiq vatandoshlarimizga bepul yuridik maslahatlar berishgani qayd etildi.

Uchrashuv natijasi o‘laroq, Turkiyadagi jazoni ijro etish muassasalari va deportatsiya markazlarida saqlanayotgan fuqarolarimiz huquqlarining himoyasi yo‘nalishida kelishilgan jadval asosida konsulxona vakillari bilan birgalikda ushbu muassasalarga borishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, Turkiya oliy o‘quv yurtlarida “Huquqshunoslik” yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘zbek talabalarini mazkur yuridik firmada amaliyot o‘tashi bo‘yicha Bosh konsulxonaning taklifi suhbatdoshlar tomonidan iliq qabul qilingani holda keyinchalik munosib nomzodlarning  ishga olinishiga ham rozilik bildirildi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik ko‘lamlarini yana-da kengaytirish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid

Yuliya Borzova: men uchun Konstitutsiya ...

Baydarka va kanoeda eshkak eshish O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, ko‘p karra Osiyo chemp...

Bosh konsulxona xodimlari mehnat migran...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan mehnat migrantlariga zarur konsullik va huquqiy y...

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ush...

Mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi tomonidan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi s...

So`nggi yangiliklar