Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Madaniyat

Italiyada Rishton sopol mahsulotlari taqdimoti o‘tkaziladi


RIM, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Rimdagi elchixonasi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyati Rishton tumani hokimligi va Italiyaning Umbriya hududi Deruta shahri ma’muriy boshqaruvi hamda faollari ishtirokida ikki shahar o‘rtasida kulolchilik va savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida onlayn-muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ma’lumot uchun ta’kidlash joiz, Deruta shahri Italiyaning markaziy hududi Umbriyada joylashgan. Ushbu shahar o‘zining noyob sopollari va koshinlik san’ati bilan dunyoga mashhur bo‘lib, Italiya milliy kulolchilik an’analarining yetakchisi hisoblanadi.

Deruta shahrida XV-XVI asrlarda mahalliy koshinlik uslubidagi “Bella Donna” sopol idishlarini yasash san’ati o‘z cho‘qqisiga erishgan. XVI asrda bu yerda mashhur “Rafael” deb nomlangan idish-tovoqlar ishlab chiqarila boshlagan. Shaharda Italiyaning eng qadimiy muzeylaridan biri – sopoldan yasalgan san’at asarlari muzeyi bo‘lib, bu yerda turli davr va uslubda yasalgan 5 mingdan ortiq eksponatlar jamlangan.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad – Italiyada Rishton sopol mahsulotlari taqdimotini o‘tkazish va targ‘ib qilish, Rishton tumani va Deruta shahri o‘rtasida birodarlik bitimini imzolash, ikki tomon o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston elchisi Otabek Akbarov, Rishton tumani hokimi Sufxonjon Soliyev va Deruta shahri meri Mikele Toniakkini so‘zga chiqib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Mavzuga oid

Tokioda O‘zbekiston milliy hunarmandchil...

Kecha mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasida Kunchiqar mamlakatning tashqi savdoni r...

Dubayda “Yalla” guruhi tomonidan yaratil...

Dubaydagi «Paramount Hotel» mehmonxonasida “Yalla” vokal-cholg‘u ansambli va rus kompozit...

Turkiya bilan hamkorlik ta'lim sohasida ...

Turkiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash maqsadida mamlakatimizning Anqar...

So`nggi yangiliklar