Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Dekabr/2021   Sanalar

Italiyadagi yurtdoshimiz: O‘zbekiston konstitutsiyasi fuqarolar farovonligining yuksalishida chinakam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda

 RIM, 8 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligi munosabati bilan Italiyaning Florensiya shahrida istiqomat qiluvchi vatandoshimiz Komila Qirg‘izova “Dunyo” axborot agentligi orqali o‘z tabrigini yo‘lladi:


–  8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan  Italiyada istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari nomidan barchangizga chuqur hurmat va ehtirom bildirgan holda samimiy tabriklarimizni yo‘llashdan juda mamnunmiz.

Ingliz siyosiy faylasufi Genri Sent-Jon Vikont Bolinbrok aytganidek: ‘Konstitutsiya deganda, biz ongu tafakkurimizning prinsiplaridan kelib chiqadigan va ijtimoiy farovonlikka yo‘naltirilgan jamiyat rioya kiladigan aniq va yagona qonunlarning, qoida va odatlarning mujassamligini tushunamiz!”

Yaʼni har qanday milliy huquqiy tizimda Konstitutsiyaning roli va o‘rni fundamental hamda birinchi darajalidir.

Har bir davlat faqat o‘ziga xos bo‘lgan Konstitutsiyaga ega. Barcha davlatlar uchun yagona bo‘lgan hammabop konstitutsiyaviy namuna bo‘lmagani kabi, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy taraqqiyotning o‘z yo‘liga ega.

Bizning konstitutsiya xalqimizning maʼnaviy, madaniy merosi, milliy tafakkuri va ko‘p asrlik o‘zbek davlatchiligi tajribasini o‘zida aks ettirishi bilan birga, xalqimizga xos bo‘lgan insof, diyonat, bag‘rikenglik, mardlik va sahovatpeshalik kabi ulug‘vor xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan.

Dunyoda O‘zbekistonning nufuzi oshib borayotgan bugungi kunda, yurtimiz konstitutsiyasi fuqarolar farovonligining yuksalishida chinakam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Unda xalqimiz tarixi va milliy g‘oyalar asos bo‘lib, dunyoning yetakchi davlatlarining ilg‘or tajribasi ham hisobga olingan.

Ko‘nglimdagi barcha iliq tilaklarni jamlagan holda, Italiyada yashayotgan, tahsil olayotgan barcha vatandoshlarim nomidan butun O‘zbekiston xalqini Konstitutsiya kuni bilan tabriklayman.

Respublikamiz mustaqil va jadal rivojlanayotgan davlat sifatida xalqaro maydonda yana-da tanilib boravershini, biz esa, o‘zbekligimizdan g‘ururlanishda davom etishimizni tilab qolaman!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Mavzuga oid

Ukrainadan tabrik: Konstitutsiya qabul q...

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Kiyev siyosiy ...

BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti rahb...

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zoligiga 30 yil to‘lishi munosabati bi...

Germaniyadan tabrik: Bayroqni hurmat qil...

Kecha mamlakatimizda Davlat bayrog‘i kuni keng nishonlandi. «O‘zbekiston Respublikasining ...

So`nggi yangiliklar