Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi, taniqli o‘zbek futbolchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berdi


TOSHKЕNT, 20-oktabr. /«Dunyo» AA/. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi, Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov turmush o‘rtog‘i Omina Mahkamboyeva bilan birgalikda kecha mamlakatimizning Italiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 16-saylov uchastkasida Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri

Futbolchining ma’lum qilishicha, 24 oktabr kuni «Roma» klubi  Italiya A Seriyasi doirasidagi navbatdagi turda «Napoli» bilan maydonga tushadi. Joze Mourino boshchiligidagi «Roma» futbolchilari, shu jumladan,  Eldor Shomurodov ushbu  muhim uchrashuvga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda.  

Diplomatiya vakolatxona rahbari Otabek Akbarov o‘zbekistonlik taniqli futbol ustasi bilan uchrashib, uning Italiyada eng nufuzli jamoada muvaffaqiyatli to‘p surayotgani yurtimiz obro‘sini nafaqat ushbu mamlakatda, balki xalqaro miqyosda yuqori darajaga ko‘tarishga hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Buning natijasida Italiyaning turli sohalari, jumladan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ishbilarmon doiralari vakillari tomonidan mamlakatimizga bo‘lgan qiziqish yanada ortayotgani aytib o‘tildi.

Eldor Shomurodov yaqin kunlar ichida Rim klubi UYEFA Konferensiyalar ligasi doirasida Norvegiya va Ukraina klublariga qarshi bahslarga, shuningdek, Italiya A Ceriyasi doirasidagi o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. U «Roma»  futbol klubi rahbariyati va jamoasi bilan iliq munosabatlar o‘rnatilganini bildirdi. Klubning asosiy tarkibidan muqim joy olish uchun futbolchilar o‘rasidagi raqobatga jismoniy va ruhiy tomondan to‘liq tayyorgarligini ta’kidladi. 

Suhbat davomida O‘zbekiston futbol klublari va «Roma» klubi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida Eldor Shomurodov xorijda bo‘lib turgan barcha vatandoshlarni O‘zbekiston Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Mavzuga oid

Belarusda O‘zbekiston Prezidenti saylovi...

Mamlakatimizning Minskdagi elchixonasida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan br...

Polshada mahalliy vaqt bilan soat 12.00g...

O‘zbekiston Varshavadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 29-saylov uchastkasida Polsh...

Tojikistondagi vatandoshlarimiz O‘zbekis...

Bugun mamlakatimizning Dushanbe shahridagi elchixonasi huzurida tuzilgan 41-saylov uchastk...

So`nggi yangiliklar