Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Sentabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

ITSV: 2022 yilda Toshkent shahrida Yaponiyaning kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillari ishtirokida ikkinchi konferensiya o‘tkaziladi


TOSHKENT, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va “Toshkent-Nagoya” do‘stlik assotsiatsiyasi bilan birgalikda «O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligi dinamikasi va O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari» mavzusida onlayn-anjuman o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov, Yaponiya elchixonasi vakillari, shuningdek, Nagoya shahrining 40 dan ortiq kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etdi.

Yaponiya ishbilarmonlik doiralari vakillariga O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlar, turli sohalarga ilg‘or yapon texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbollari haqida maʼlumot berildi.

Anjuman doirasida O‘zbekiston tadbirkorlarining Yaponiya kompaniyalari bilan ikki tomonlama muloqotlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, turizmni rivojlantirish sohasida hamkorlik o‘rnatish yuzasidan «Smile Tourist», mehnat migratsiyasi sohasida  «HRS Japan Co, Ltd.» va  boshqa kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida 2022 yilning birinchi yarmida Toshkent shahrida Yaponiyaning kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillarining bevosita ishtirokida 2-konferensiyani tashkil etishga kelishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda fotoelektr stansiyasini qu...

Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi Samarqand viloyatida loyihani amalga oshirish ma...

“O‘zdavkarantin” va Malayziyaning tegish...

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yana-da rivojlant...

Turkiya vitse-prezidenti ikki tomonlama ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

So`nggi yangiliklar