Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyul/2021   Iqtisodiyot

ITSV ekspertlar hamjamiyati va tadbirkorlarni mamlakatni jadal iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda faol ishtirok etishga da’vat etmoqda


 

TOSHKЕNT, 26-iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov videokonferensiya shaklida ekspertlar hamjamiyati vakillari, tadbirkorlar va blogerlar bilan O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar va investorlar bilan bo‘lajak ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rilishi hamda iqtisodiyot, moliya, bank sohasi va boshqa sohalardagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining ma’lum qilishicha, «Aqliy hujum» shaklida o‘tkazilgan muhokama davomida bo‘lajak tadbir kun tartibini shakllantirish yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi va ko‘rib chiqildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil etilgan murojaatlarni qabul qilish va tahlil etish bo‘yicha Shtab tomonidan tadbirkorlarning qabul qilingan muammo va takliflari ham muhokama etildi.

Ekspertlar va blogerlar mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish borasida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda izchil islohotlarni davom ettirish zarur va muhim bo‘lgan ustuvor sohalarni ko‘rsatib o‘tdilar. Xususan, davlat boshqaruvi hamda soliq va bojxona ma’murchiligi tizimlari samaradorligini oshirish, davlat korxonalari va bank sektorini xususiylashtirish, tadbirkorlar va investorlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratish va boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Suhbat chog‘ida mamlakatni jadal iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishbilarmonlar yanada faol ishtirok etishlarini nazarda tutgan holda davlat idoralari hamda ekspertlar va biznes vakillari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim ahamiyati qayd etildi. Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surish borasida g‘oyalarni shakllantirish va ko‘p tomonlama fikr almashish uchun munozara platformasini yaratish taklif etildi. Ushbu platformaning maqsadi davlat va biznes o‘rtasida mushtarak manfaatlar anglanishini ta’minlashga, shuningdek, mavjud muammolarning samarali yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yishdir.

O‘zaro ishonchli va konstruktiv suhbat yakunida ishtirokchilar kelgusidagi hamkorlik yo‘llarini belgilab, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan muntazam muhokamalar o‘tkazishga kelishib oldilar.

Mavzuga oid

“Novastan” nashri: O‘zbekiston va Fransi...

Fransiyaning “Novastan” axborot agentligi veb-sahifasida nashr bosh muharriri Etyen Kombye...

Sog‘liqni saqlash vazirligi investorlarn...

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufida bo‘lgan va Toshkent shahar Chilonzor t...

«Texnopark» MChJ va Rossiyaning "KUKA" k...

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi «Texnopark» MChJga Rossiyaning «KUKA» kompaniyasi del...

So`nggi yangiliklar