Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Iqtisodiyot

ITSV: Farg‘ona viloyatida investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini faollashtirish chora-tadbirlari o‘rganildi


TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov rahbarligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatidagi investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyati shuningdek, sanoat rivojlanishining bugungi holatini o‘rganish maqsadida mazkur hududga tashrif buyurdi, deb xabar qilayapti “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi  (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, investitsiyalar va tashqi savdo masalalariga masʼul bo‘lgan viloyat, shahar va tuman darajasidagi mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi aʼzolari, shuningdek vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya shaklida hududiy investitsiya dasturini amalga oshirish, yirik sanoat obyektlarini ishga tushirish va barqaror ishlashini taʼminlash, viloyatning istiqbolli sohalarini rivojlantirish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Joylarda investitsiyalarni jalb etish va eksport faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, mahalliy tadbirkorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizimning amalda joriy etilishi ko‘rib chiqildi. Yangi mexanizmlardan samarali foydalanish yuzasidan batafsil ko‘rsatmalar berildi, tadbirkorlar bilan ishlash jarayonida ko‘tarilgan aniq masalalar o‘rganildi.

Mavzuga oid

Singapurdan munosabat: O‘zbekiston tasha...

Singapurning «Alpha Global Capital Pte. Ltd.» (AGC) kompaniyasi raisi Xaris Tumin O‘zbekis...

O‘zbekiston va Rossiya kompaniyalari to...

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va Rossiyaning “Rosseti” aksi...

AQSH kompaniyalari bilan energiya tizimi...

Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyati bilan AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi ...

So`nggi yangiliklar