Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Iqtisodiyot

ITSV: Joriy yilning o‘tgan yetti oyi davomida O‘zbekiston-Britaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 52,5 foizga oshdi


TOSHKЕNT, 16 sentabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Lord Tariq Ahmad bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan ma’lum qilinishicha, muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya Kengashining 25-yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.
Britaniya tomoni O‘zbekistonda investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni ko‘zlab olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni olqishladi.
Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro savdoning ijobiy dinamikasini, xususan, koviddan keyingi davrdagi o‘sishini qayd etdilar. Jumladan, joriy yilning yanvar-iyul oylarida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 52,5 foizga oshdi. Buyuk Britaniyadan investitsiyalarni jalb qilish ko‘rsatkichlari ham sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy-texnik hamkorlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Britaniya tomoniga Jahon banki bilan hamkorlikda «Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyotni samarali boshqarish» dasturi (ESD) doirasida O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli hayotga tatbiq etishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirildi. «TAF2 COVID19 Rapid Response Facility» granti doirasida pandemiyaning O‘zbekiston eksport tuzilmasiga salbiy ta’sirini baholash loyihasini amalga oshirishda erishilgan yutuqlar ham qayd etildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ko‘rib chiqilgan hamkorlikning barcha yo‘nalishlari doirasida faol va muntazam ravishda muloqot qilishga sodiqligini bildirdilar. Shuningdek, Britaniya tomoni bilan joriy loyihalarni ilgari surish va investitsiya va savdo hamkorligining yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

“UzVC” milliy venchur fondi tashkil etil...

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi....

Hind kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istond...

Hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tarmoqlarga xorijiy sarmoyalarni keng jalb q...

O‘zbekiston mahsulotlarini Xitoyga elek...

Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan «Xitoyda elektron tijoratning rivojlanishi: o‘zbek mahs...

So`nggi yangiliklar