Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

ITSV: O‘zbekiston va Braziliya hamkorlikni kengaytirishning muhim istiqbollarini ko‘rmoqda

TOSHKENT, 21-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Braziliya elchisi Rodrigo Soaresni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”. AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,  muloqot chog‘ida o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi va uni ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xalqaro platformalar va tashkilotlar doirasida ikki va ko‘p tomonlama formatdagi hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Turli sohalarda, jumladan, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, chorvachilik va parrandachilik, shuningdek, soya, makkajo‘xori va shakarqamish yetishtirish va qayta ishlash sohalarida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish istiqbollari qayd etildi. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, jumladan, o‘zaro biznes-missiyalar va tarmoq ko‘rgazmalarini tashkil qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Bu, o‘z navbatida, o‘zaro savdoni ko‘paytirish yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlarning rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Shunday qilib, 2021 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasidagi tovar aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 barobar oshdi va joriy yilning yanvar-may oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 40 foizga teng bo‘ldi. O‘zaro savdoni yana-da ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishildi.

Ikki tomonlama hamkorlik kun tartibidagi boshqa ahamiyatga ega masalalar, jumladan, turizm, taʼlim sohasidagi hamkorlik va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishi yuzasidan fikr almashilgach, erishilgan kelishuvlarni ilgari surish va amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar to‘g‘risida kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov 20 iyun kuni Braziliya elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida) Rodrigo De Lima Baen Soaresdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan edi.

Mavzuga oid

Lanchjou xalqaro investitsiyalar va savd...

7-11-iyul kunlari Xitoyning Gansu provinsiyasi markazi Lanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan 28-...

ITSVda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasid...

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) hamda Germaniya Iqtisodiy ham...

AQSh qishloq xo‘jaligi departamenti O‘zb...

Onlayn muloqotda O‘zbekistonning Amerika bozoriga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport...

So`nggi yangiliklar