Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Noyabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

ITSV: O‘zbekiston va Janubiy Koreya Bosh vazirlarining o‘rinbosarlari ikki tomonlama hamkorlik kun tartibini muhokama qildi


TOSHKENT, 27 noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov  kecha  Seulga tashrifi davomida Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,  Konstruktiv muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati hamda uni kengaytirishning istiqbollari muhokama qilindi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, raqamlashtirish va biznesni qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim yuzasidan kelishish jarayonini yakuniga yetkazishni jadallashtirishga kelishib oldilar. Ushbu qadam ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi hamda O‘zbekiston-Koreya savdo aylanmasi hajmini sezilarli darajada oshirishi qayd etildi.

Shuningdek, EDPF Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Elektrotexnika, biofarmatsevtika, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa sohalarda yangi innovatsion loyihaviy takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, kelgusida amalga oshirish uchun eng istiqbolli yuqori texnologiyali loyihalarni belgilash maqsadida Jamg‘arma hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbarlari va mutaxassislaridan iborat ikki tomonlama ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.

Qishloq xo‘jaligi, gaz-kimyo sanoati va boshqa ustuvor sohalardagi bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Alohida tartibda O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Yangi investitsiyaviy va savdo bitimlarini amalga oshirishga doir takliflar ishlab chiqish maqsadida ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasida hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hukumatlararo darajada muntazam hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Bu ikki tomonlama munosabatlar masalalari ustida tezkor ravishda ishlash hamda o‘zaro manfaatli sheriklikni yana-da kengaytirish bo‘yicha yangi takliflar bilan uzluksiz almashib turish imkonini beradi.

Mavzuga oid

Turkiyalik ishbilarmonlar “Hazorasp” erk...

Bu haqda mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil qilingan videok...

Xitoy kompaniyasi bilan qishloq xo‘jalig...

Tadbirda “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, “BOSHIRAN” kompaniyasi vakilla...

Britaniyaning “Pride in Food” kompaniya...

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, tekstil va qurilish mahsulotlari eksporti bo'yicha videokon...

So`nggi yangiliklar