Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Avgust/2021   Investitsiyalar

ITSV: Tadbirkorlarning hech bir murojaati e’tiborsiz qolmaydi

TOSHKЕNT, 13 avgust. /«Dunyo» AA/. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar va investorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va tahlil etish Shtabi faoliyatiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


ITSV ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirda 30 nafardan ziyod OAV vakillari ishtirok etdilar.
Brifing davomida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov Shtab faoliyati va uning natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shu yilning 20 iyulidan 10 avgustiga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman va Bosh vazir qabulxonasi koll-markazlari mutaxassislari tomonidan tadbirkorlar murojaatlari tunu kun davomida qabul qilindi.
Murojaatlarni, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi rasmiy sahifalari orqali ham yuborilishi mumkin edi.
Vazirlik hamda idoralar xodimlari va ekspertlaridan iborat ishchi guruhlari tomonidan kelib tushgan murojaatlar ustida ish olib borildi. Shu kabi guruhlar mamlakatning har bir viloyatida faoliyat yuritdi.
Shtab faoliyati davomida jami 15 ming 309 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 13 ming 941 tasini xususiy xarakterdagi masalalar tashkil etdi.
Shtab mutaxassislari kelib tushgan murojaatlarning batafsil o‘rganilishini nazorat qilmoqda.
Viloyatlar kesimida eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahri (1 ming 564), Surxondaryo (1 ming 395), Toshkent (1 ming 357), Qashqadaryo (1 ming 288) va Farg‘ona (1 ming 250) viloyatlaridan kelib tushgan.
Bugungi kunga qadar kelib tushgan murojaatlarning 81,1 foizi o‘rganildi. Shtab xodimlari aniqlangan har bir masalani hal etish bo‘yicha faol ish olib bormoqda, bu esa tadbirkorlarning birorta ham muammosi e’tibordan chetda qolmaydi, degan xulosaga kelishga sabab bo‘lmoqda.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Shtab faoliyatini yoritish bo‘yicha brifinglar muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Mavzuga oid

Andijon viloyatining biznes salohiyati Y...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining (ITSV) Andijon viloyati boshqarmasi rahbariy...

Vyetnam kompaniyasi O‘zbekistonda yirik ...

O‘zbekiston elchixonasi delegatsiyasining Xoshimin shahriga (Vyetnam) amaliy safari doiras...

ITSV: BAAning “Masdar” kompaniyasi Sher...

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimligida investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi...

So`nggi yangiliklar