01/Dekabr/2022 Investitsiyalar
TOSHKENT, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida xitoylik investorlar tashkil qilgan «Xinyuan Building Materials Company» MCHJ tomonidan avtoklavlangan gazbetondan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, loyiha doirasida 2 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Korxonada 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati yiliga 450 ming m3 gaz bloklari bo‘lib, ishga tushirilgan birinchi yildan boshlab 500 ming dollarlik mahsulotlarni eksportga yetkazib berish imkoniyati mavjud.