Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Iqtisodiy diplomatiya

ITSV va Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruh tuziladi


TOSHKENT, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. Moskva shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kecha Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi Bosh direktori Svetlana Chupsheva bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlum qilishicha, muloqot chog‘ida tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surish, jadal iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash va xalq farovonligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishni nazarda tutgan holda qator sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida tomonlar investitsiyaviy muhitni takomillashtirish hamda ishbilarmonlik bilan shug‘ullanish jarayonlari shaffofligini oshirish, yuqori samarali investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, investitsiya sohasidagi muammolarni hal etishda davlat organlari samaradorligini baholashga qaratilgan islohotlarni ilgari surishga doir takliflarni birgalikda tayyorlashni belgilab oldi.

Shuningdek, O‘zbekistonda hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi va aholi hayot sifatini baholashning reyting tizimini joriy etish yo‘nalishida birgalikda ish olib borishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan munosabatlar yo‘nalishlari doirasida amaliy hamkorlikning navbatdagi tadbirlari belgilandi. Tomonlar O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.

Mavzuga oid

Toshkentda Polshaning mashhur dekoratsiy...

Toshkentda 1 iyun kuni nafaqat Polshada, balki Yevropa uy interyer dizayni sohasida yetakc...

Xitoy nashrlari O‘zbekistondan yeryong‘o...

Xitoyning 500 milliondan ziyod obunachisiga ega «Weibo» ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekistonda ...

Polsha kompaniyasi O‘zbekistonda yuqori ...

Polshaning «Tri-Wall Polska» kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha direktori Dariush K...

So`nggi yangiliklar