Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   Iqtisodiy diplomatiya

ITSVda Janubiy Koreyaning Eksimbanki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi

TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV)  Koreya Eksimbankining EDCF  jamg‘armasi bosh direktori Xva Jun So bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


ITSV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida mazkur jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlangan umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Milliy onkologiya markazi va Kattalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi qurilishi hamda «Toshkent Pharma Park» klasteri hududida farmatsevtika universitetini tashkil etish (1-bosqich) loyihalari shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, «Tibbiyot universitetini tashkil etish» va «Toshkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-o‘quv qismlarini yaratish»  (2-bosqich) loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida ahdlashuv bayonnomasini imzolashni tezlashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, qarz bitimlarini imzolashdan oldingi tartibotlarni soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar va hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, mintaqaviy avtomobil hamda temir yo‘l kommunikatsiyalarini rivojlantirish va sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishni belgilab oldilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan tashabbuslarni, shuningdek, 2023-2024 yillarda hayotga tatbiq etishga rejalashtirilgan yangi loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Ispaniya kompaniyalari sa...

Mamlakatimizning Madrid shahridagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekistonning “Novatio” ...

Farg‘ona viloyatida Janubiy Koreyaning i...

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Muhsinxo‘ja Abdurahmonov, Qo‘qon shahri hokimi Ma...

Hindiston kompaniyasi Andijon viloyatiga...

Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasida ushbu davlatning " Ishan Group" kompaniyasi r...

So`nggi yangiliklar