Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Oktabr/2021   Iqtisodiy diplomatiya

ITSVda Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi doirasida O‘zbekiston-Singapur hamkorligi bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tdi


TOSHKЕNT, 26-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiton investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Obidov «TMC Education Corporation Ltd» korporatsiyasi bo‘linmasi, Singapurdagi yirik xususiy ta’lim muassasalaridan biri - «TMC Academy» rektori Li Chin Veng boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida Akademiyaning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi (Trast jamg‘arma) tomonidan amalga oshirilayotgan gumanitar dastur va loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini nazarda tutgan holda, u bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Toshkent shahrida Akademiyaning «TMC Institute» filiali tashkil etilayotganligini olqishladilar. Filial joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli litsenziyasini olgan.

Orolbo‘yi aholi uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida muqobil energiya manbalaridan foydalanishni oshirish, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq joylarda elektr va issiqlik ta’minoti tizimlarining barqarorligini yuksaltirish va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida BMT shafeligidagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi faoliyati doirasida Hamkorlik memorandumi imzolanib, muhokama etilgan yo‘nalishlar doirasidagi o‘zaro munosabatlar shakllari belgilandi. Hujjatga ko‘ra, Toshkentdagi «TMC Institute» filiali o‘ziga yuklangan maqsad va vazifalarni hal etish uchun Trast jamg‘armasiga beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun: Singapurda joylashgan «TMC Academy» 1981 yilda tashkil etilgan. Akademiyaning filiallari – Oliy o‘quv yurtlari 1998 yilda Xitoyda, 2003 yilda V’etnam va 2015 yilda Myanmada ochilgan. Institut talabalar uchun ingliz tili kurslaridan tortib, biznes boshqaruvi, media, psixologiya, mehmonxona biznesi va IT-texnologiyalari bo‘yicha bakalavr darajalarigacha bo‘lgan turli o‘quv dasturlarini taklif etadi. «TMC Academy» dasturlari «Cambridge International Examinations» tomonidan ma’qullangan. Akademiyada 50 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar tahsil oladi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda Pokiston Bosh vaziri rasmi...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Pokiston Bosh vaziri...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosarining ...

Kecha O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida Bosh ...

Farg‘ona viloyati va Boltiqbo‘yi mamlaka...

Farg‘ona viloyati va tumanlari hokimiyati ma’muriy-boshqaruv vakillari mamlakatimizning Ri...

So`nggi yangiliklar