Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Dekabr/2022   Iqtisodiyot

ITSVda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakatimiz hududlarining sanoat salohiyati tahlil qilindi

TOSHKENT,  3-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida  (ITSV) vazirning birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov boshchiligida tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Yig‘ilishda hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralardan foydalanish chora-tadbirlari, sanoatning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish korxonalarini o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar va 2023 yilga mo‘ljallangan hududiy investisiya dasturlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Tijorat banklari va viloyatlar masʼul rahbarlari, shuningdek, mamlakatimiz hududlaridagi sanoat korxonalari faoliyatini o‘rganish natijalari bo‘yicha respublika ishchi guruhlari rahbarlarining hisobotlari tanqidiy ruhda tinglandi. Ishchi guruhlar tomonidan 45 mingdan ortiq sanoat korxonasi faoliyati o‘rganilib, ularning 5 mingtasida turli muammolar aniqlandi hamda ularni tezkor hal etish bo‘yicha manzilli «Yo‘l xaritalari» ishlab chiqildi. Xususan, 1700 ta korxona kredit mablag‘larini olishda, 1300 ta korxona tegishli infratuzilmaviy kommunikatsiyalariga ulanishda muammolarga duch keldi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli rahbarlarga «Yo‘l xaritalari»ni o‘z vaqtida amalga oshirish va har bir hudud salohiyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha istiqbolli investisiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

 

 

 

 

 

Telegram uchun: ITSVda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda  mamlakatimiz hududlarining sanoat salohiyati tahlil qilindi

Ishchi guruhlar tomonidan 45 mingdan ortiq sanoat korxonasi faoliyati o‘rganilib, ularning 5 mingtasida turli muammolar aniqlandi

 

Mavzuga oid

Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyatining...

Davlat bojxona qo‘mitasida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) Markaziy Osiyo b...

O‘zbekiston va Hindiston ishbilarmonlari...

Bugun videoaloqa shaklida "O‘zbekiston va Hindiston biznes doiralari o‘rtasida savdo-sotiq...

Yilning birinchi choragida O‘zbekiston q...

O‘zbekiston iste’mol bozoriga yanvar-mart oylarida 9 mamlakatdan umumiy qiymati 46,3 milli...

So`nggi yangiliklar