Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Yanvar/2022   Iqtisodiy diplomatiya

ITSVda O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi

TOSHKЕNT, 21-yanvar. /«Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi O.Bekarni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning sermazmun kun tartibi, jumladan, investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ishlab chiqilayotgan loyihalar, dasturlar va tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar qo‘shma investitsiya loyihalarining sonini ko‘paytirish va o‘zaro savdo hajmini oshirishga qaratilgan choralarni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdilar. Shu o‘rinda Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni maromiga yetkazishni jadallashtirish bo‘yicha yakdil qarorga kelindi.

Turk investorlarining O‘zbekistondagi faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar ham tilga olindi. Tomonlar ularning yechimini topish algoritmlarini muhokama qilib, tegishli loyihalarni ilgari surish bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni belgilab olishdi. O‘zbekiston tomoni turkiyalik tadbirkorlar bilan yaqin hamkorlik qilish va yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda ularga tezkor amaliy yordam ko‘rsatishga sodiqligini bildirdi.

Alohida tartibda ikki mamlakatning transport jihatidan o‘zaro bog‘liqligini kengaytirish va tranzit salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi. Ikki davlatni bog‘lovchi transport yo‘laklaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish uchun ikki tomon vakillaridan iborat ekspert guruhini tuzishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida yuqoridagi masalalarning joriy holatini o‘rganish va ularni hal etishga doir zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan alohida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

Bugun O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sar...

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Pokist...

Mamlakatimiz elchixonasining Qoraqalpog‘iston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlan...

So`nggi yangiliklar