Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/May/2022   Iqtisodiy diplomatiya

ITSVda O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKENT, 18-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kecha  Isroil turizm vaziri, O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi hukumatlararo komissiya hamraisi Yoel Razvozov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakat tashqi ishlar idoralari va diplomatiya vakolatxonalarining rahbarlari ham ishtirok etdi.

Konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tgan suhbat davomida siyosat, iqtisodiyot, investitsiyalar, savdo, madaniyat va turizm sohalaridagi O‘zbekiston-Isroil hamkorligining qator muhim masalalari muhokama qilindi.

Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, butunjahon va mintaqaviy xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni faollashtirish, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi muloqotni rivojlantirish, shuningdek, turli darajadagi o‘zaro tashriflar sonini ko‘paytirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarning dolzarbligini taʼkidladilar. O‘zaro savdo hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bu borada ikki mamlakat tashqi savdo idoralari rahbarlarining o‘rinbosarlaridan iborat qo‘shma ishchi guruhi tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Isroil kompaniyalarini O‘zbekistonda to‘qimachilik, kimyo va farmatsevtika sanoati, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va turizm kabi sohalardagi loyihalarni amalga oshirishga jalb etish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.

Muloqot chog‘ida joriy yilda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Isroil hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishini, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forumni o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘rib chiqilgan barcha sohalarda yaqin va konstruktiv hamkorlik qilishga sodiqligini bildirdilar hamda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha keyingi saʼy-harakatlarni kelishib oldilar.

Mavzuga oid

Janubiy koreyalik hamkorlar bilan O‘zbek...

Bugun mamlakatimizning Seul shaxridagi elchixonasi xodimlari Janubiy Koreyaning “EGIS” kom...

Vebinar ishtirokchilari: Hindiston bilan...

Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (FICCI) tomonidan “Hindiston bilan Markazi...

O‘zbekiston va Rossiya energetika vazirl...

O‘zbekiston Energetika vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, kecha Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodi...

So`nggi yangiliklar