Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Sentabr/2020   Sport

Jahon kurash kuniga bag‘ishlangan onlayn konferensiya o‘tkazildi


TOSHKENT, 6 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbek milliy kurash kuni nishonlanmoqda. Pandemiya sharoitida bo‘lsa-da, kurash ixlosmandlariga bayramona kayfiyat ulashish, ushbu sanani o‘ziga xos nishonlash maqsadida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tomonidan “ZOOM” platformasida onlayn konferensiya tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi manbasiga asoslanib.

Unda tashkilot rahbari Haydar Farmon, qit’aviy va Milliy federatsiyalar vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan Bosh kotib Oybek Qosimov boshchiligidagi mutasaddilar qatnashdi.

Tadbirda Haydar Farmon bugungi sana bilan barcha kurash ahlini qutlab, kelgusidagi rejalar haqida gapirib o‘tdi.

“Bugun bizni birlashtirib turgan kurash sportining 22 yilligini nishonlamoqdamiz. Kurash dunyoda o‘z o‘rnini topib bormoqda. Barchangizni bugungi Jahon kurash kuni bilan tabriklayman. Qayd etish darkor, joriy yil dunyo uchun noan’anaviy tarzda o‘tmoqda. Koronavirus pandemiyasi sabab ko‘plab iqtisodiy inqirozlar kuzatilmoqda. Xalqaro sport musobaqalari, jumladan, Tokio Olimpiya o‘yinlari qoldirildi. Bu barchamiz uchun sinov. Bir yoqadan bosh chiqarib birligimizni saqlab, uni dunyoga namoyish qilishimiz kerak. Biz “E-Kurash” yo‘nalishini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bunda sportchilar o‘z texnikalarini namoyish qilgan holda uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashi mumkin. Vaziyat yumshagunga qadar shu kabi onlayn tadbirlarni o‘tkazishni taklif qilamiz”, – dedi H.Farmon.

Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi O.Qosimov o‘z nutqida barcha kurash oilasi a’zolarini bayram bilan qutladi.

“Barchangizni bugungi sana bilan qutlash men uchun sharaf. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev boshchiligida milliy sportimizni yanada rivojlantirish uchun muhim chora-tadbirlar, dasturlar yo‘lga qo‘yilayotganini alohida aytib o‘tmoqchiman. Bugungi murakkab vaziyatda hammangizning oila-a’zolaringiz bilan sog‘-salomat bo‘lishingizni tilab qolaman ”, dedi Bosh kotib.

Onlayn konferensiyada ko‘plab mamlakat vakillari so‘z olib, o‘z mintaqalarida kurashning tobora ommalashib borayotgani haqida fikr bildirdi.

Muhokamalarda, shuningdek, xalqaro musobaqalarni o‘tkazish, buning uchun zarur talablarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik 3 nafar bokschi Xalqaro b...

Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,5 kilogramm) Shoxjahon Ergashev oltinchi o‘rinni ...

Tashqi ishlar vazirligi futbol jamoasi “...

Ertaga, dushanba kuni Toshkentda “Bosh vazir kubogi - 2020” futbol turnirining final bahsi...

Og‘ir atletika bo‘yicha «O‘zbekiston Res...

Og‘ir atletika bo‘yicha «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi» onlayn xalqaro turn...

So`nggi yangiliklar