Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Fevral/2023   Hamkorlik

Jakartada O‘zbekiston va Indoneziya turizm, biznes va madaniyat anjumani o‘tkazildi

JAKARTA, 7-fevral. /“Dunyo” AA/. Jakartada O‘zbekiston va Indoneziya turizm, biznes va madaniyat anjumani o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbir mamlakatimiz elchixonasi va Indoneziyaning Halol turmush tarzi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda indoneziyalik ziyoratchilarni O‘zbekiston sayyohlik maskanlariga jalb qilish, birgalikda charter reyslarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli sheriklikning boshqa masalalari yuzasidan kelishib olindi.

O‘zbekiston turistik agentliklari va Indoneziyaning haj va umra dasturlariga ixtisoslashgan “ASITA”, “ASTINDO”, “Sapuhi”, “Amphuri” assotsiatsiyalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida, shuningdek, Samarqand turizm markazi va “Asita” turistik uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mavzuga oid

Polshada o‘tkazilgan tadbir O‘zbekiston ...

Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va...

Toshkent va Vena Avstriya hamda GFR mehn...

Mamlakatimizning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va ka...

AQSHning Missisipi shtati qonun chiqaruv...

Elchi Javlon Vahobov Amerikaning Missisipi shtati Senati va Vakillar palatasining navbatda...

So`nggi yangiliklar