Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Oktabr/2021   Media

“Janub-Janub” barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlik kengashi: Xiva forumi Markaziy Osiyo qadimiy madaniyatlarini jahon madaniy merosiga uyg‘unlashtirdi


 PARIJ, 19 oktyabr. /“Dunyo” AA/. YUNESKOning rasmiy hamkori - “Janub-Janub” barqaror rivojlanish bo‘yicha  hamkorlik kengashi (SSCC) saytida joriy yil sentyabr oyida Xivada bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniy forumiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dune” AA muxbiri.

SSCC raisi  Viktor Sebek qalamiga mansub maqolada YUNESKO va O‘zbekiston madaniyat, turizm va sport vazirliklari ushbu forumni tashkil etish orqali Markaziy Osiyo madaniyatlari o‘rnini jahon madaniy-maʼrifiy yutuqlari cho‘qqisiga muhrlab qo‘ygani taʼkidlangan.

Muallifga ko‘ra, ushbu forumni Xivada o‘tkazish g‘oyasi to‘satdan tug‘ilgani yo‘q. Chunki mazkur shahar O‘zbekistonning Samarqand va Buxoro bilan bir qatorda turadigan uchta muhtasham mintaqalaridan biri hisoblanadi. Shaharlarning boy madaniy-tarixiy merosi ularning Buyuk ipak yo‘lidagi o‘rni va ahamiyatini belgilab qo‘ygan.

Viktor Sebekning taʼkidlashicha, O‘zbekiston bugun YUNESKO tomonidan amaliyotga tadbiq etilayotgan salmoqli «Ipak yo‘li» dasturining markazida turadi. Xivada sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan forum oddiy tadbir emas, balki ko‘plab mamlakat olimlari to‘planib, Markaziy Osiyoning turli ilmiy, madaniy va siyosiy jihatlari bo‘yicha tajriba almashish, mintaqada tinchlikni taʼminlash va ilgari surish uchun ajoyib maydoncha vazifasini bajardi, deb yozadi SSCC raisi.

Muallifning fikricha, Yevroosiyoda, Markaziy va G‘arbiy Osiyo chegaralarida mintaqa va global xavfsizlikka tahdid solayotgan qator nobarqaror manbalar mavjud.

Mavzuga oid

«The Korea Post»: O‘zbekiston uchun stra...

Janubiy Koreyaning «The Korea Post» gazetasi rasmiy veb-sahifasida O‘zbekistonda ilm-fan v...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinin...

Saytning dizayni butunlay o‘zgargan, kontent jihatidan ham boyigan va qo‘shimcha qulaylikl...

Saudiya Arabistonining yetakchi nashri O...

Saudiya Arabistonining yetakchi nashrlaridan biri - “Al-Franchayz” gazetasi veb-sahifasid...

So`nggi yangiliklar