Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Noyabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi raisi Toshkentda yirik qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi


SEUL, 17 noyabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan joriy yil 6-13 noyabr kunlari Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi (KUBA) va «Shindong Resources» kompaniyasi raisi Kim Yon Guning O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Kim Yon Gu O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda Navoiy viloyatidagi «Sautbay» konida qimmatli metall qazib olish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar COVID-19 pandemiyasi sharoitiga qaramay, ushbu loyihani amalga oshirishni tezroq boshlash va rivojlantirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Davlat geologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari A’zam Qodirxo‘jayev bilan uchrashuvda ham ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishni boshlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.

Ta’kidlash kerakki, Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi 2020 yil aprel oyida Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vazirligi huzurida tashkil etilgan. KUBA vakolatxonasi O‘zbekiston adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi hukumatlaridan akkreditatsiya olgan yagona iqtisodiy tashkilot bo‘lgan KUBA ikki davlat savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Joriy yil sentyabr oyida KUBAning Farg‘ona shahridagi vakolatxonasi ochildi.

Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi nafaqat iqtisodiy loyihalar bilan shug‘ullanadi. Tashkilot O‘zbekistonga COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish jarayonida himoya vositalari, testlar va boshqa tibbiy buyumlar hamda uskunalar ko‘rinishidagi yordam taqdim etib kelmoqda.

Mavzuga oid

O‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantiris...

O‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan katta imkoniyatlar ma...

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkorlar...

Bugun Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi ...

Yevropa bozoriga kirish uchun quritilgan...

Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasining tijorat standartlari bo‘yicha 67...

So`nggi yangiliklar