Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Hamkorlik

Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda charmsanoat sohasida tozalash inshootlarini qurish loyihasini amalga oshiradi

SEUL, 30-mart. /“Dunyo” AA/. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amaliy safari davomida ko‘plab kompaniyalar bilan manfaatli muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Navbatdagi xalqaro hamkorlik charm-poyabzal sohasida tozalash inshoatlarini barpo etish va sohaga Janubiy Koreya texnologiyalarini qo‘llagan holda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni amalga oshirishga qaratildi.

Xususan, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi va Janubiy Koreyaning «Beomhan engineering» kompaniyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda charmsanoat sohasida tozalash inshootlarini takomillashtirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish masalasi muhokama qilindi.

 Shuningdek, Janubiy Koreya kompaniyasi bilan mamlakatimizdan tayyor charm-poyabzal mahsulotlarini xarid qilish va mazkur davlat bozoriga yetkazib berish masalalari xususida fikr almashildi.

Maʼlumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, «Beomhan engineering» kompaniyasi 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy ish faoliyati suvdan oqilona foydalanish, atrof-muhit muhofazasi sohasida tozalash inshootlari uchun texnologiyalarni ishlab chiqish hamda xizmat ko‘rsatish va sifat nazoratini olib borishdan iborat. Shu kunga qadar kompaniya tomonidan dunyoning turli mamlakatlarida 3000 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. Kompaniya texnologiyasi asosidagi tozalash inshootlarini barpo etishga qaratilgan loyiha endi O‘zbekistonda ham amalga oshiriladi.

Jumladan, mazkur kompaniya vakillarining mart oyi boshida O‘zbekistonga ishchi safari chog‘ida amalga oshiriladigan loyihaning dastlabki tashkiliy masalalari muhokama qilib olingan edi. Bugun esa ushbu hamkorlikning amaliy bosqichiga start berildi. Yaʼni, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda «Beomhan engineering» kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu xujjat asosida Janubiy Koreya kompaniyasi ikki oy muddatda mamlakatimizdagi charm korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, korxonalarning joylashuvi, atrof-muhit, suv sohalarida o‘rganishlar olib boradi. O‘rganishlar yakuniga yetgandan so‘ng kompaniya qo‘shma loyihaning texnik parametrlarini tayyorlaydi. Shundan so‘ng investitsiya kiritish evaziga ushbu tozalash inshoatlarini qurishga qaratilgan loyiha amalga oshiriladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Saudiya kompaniyalari ham...

O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida «Innovation Trans Oil» kompan...

O‘zbekistonga turkiyalik ziyoratchilarni...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Turkiya Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining (“Diyanet”, qa...

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi O‘zbe...

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) O‘zbekistonni tashkilotning yangi aʼzosi sifatid...

So`nggi yangiliklar