Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Hamkorlik

Janubiy Koreya biznesi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan biznes-forumda ishtirok etadi

SEUL, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon boshchiligidagi Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari vakillaridan iborat yirik biznes delegatsiyaning O‘zbekistonga jo‘nab ketishini tashkil etdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA  muxbiri.


Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yil 3-7-iyul kunlari Koreya - O‘zbekiston biznes uyushmasi O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi eyelchixonasi bilan birgalikda Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalari, tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida O‘zbekistonda biznes-forum tashkil etmoqda.

Delegatsiya tarkibidan «Posco International», «HYUNDAI Construction», «KAKAO Group», «Hanshin Engneering & Construction», «Plus International Co,.Ltd», «UZ-KOR Tungsten», «DRB Group», «Edulink Global Co,.Ltd» (Sboard) kompaniyalari, shuningdek, Inchon va  Xvason shaharlari maʼmuriyati va Savdo palatalari, Koreya Kichik va o‘rta korxonalar uyushmasi, Koreya Yong‘in sanoati assotsiatsiyasi va Xankuk Chet tillar universiteti rahbariyati hamda vakillari o‘rin olgan.

Ushbu tashrif O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida o‘tkazilib, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnik va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni amaliy kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan.

Tashrif dasturida Koreya Respublikasining yetakchi kompaniya va tashkilotlarining O‘zbekiston bozoriga kirishga qaratilgan biznes-forumlar, Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida “B2G”, “B2B” shaklidagi  uchrashuv va muzokaralarini o‘tkazish orqali mamlakatning investitsion muhiti va O‘zbekistonning savdo aloqalari uchun ulkan bozori to‘g‘risida keng maʼlumot beriladi. Shuningdek, erkin iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyati hamda ushbu hududlarning istiqbolli loyihalari bilan tanishish rejalashtirilmoqda.

Kim Chang Keonning so‘zlariga ko‘ra, biznes-forumda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish hamda muvaffaqiyatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 13 ta memorandum, shuningdek, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar va uchrashuvlar natijalari asosida yirik savdo va investitsiya shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Janubiy Koreyaning yirik biznes delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi 7-iyulgacha davom etadi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonlik va amerikalik mutaxassisl...

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, Toshkent Dav...

Dehlida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Hindis...

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining tashrifi doirasida Dehli shahrida O‘zbekiston Bosh ...

O‘zbekiston elchisi Ispaniyaning “EFE” a...

O‘zbekiston elchisi Jahongir G‘aniyev kecha Ispaniyaning “EFE” axborot agentligi prezident...

So`nggi yangiliklar