Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Iqtisodiyot

Janubiy Koreya bojxona xizmati rahbarining O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi


TOSHKENT, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreya bojxona xizmati komissari boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida Janubiy Koreya bojxona xizmati komissari O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda idoralararo hamkorlikning bugungi holati muhokama qilindi va ikki davlat bojxona organlari o‘rtasida kelgusidagi o‘zaro aloqalarning aniq qadamlari belgilab olindi.

Tomonlar, shuningdek, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha bojxona oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalarini ham muhokama qildi. Bundan tashqari, bojxona nazorati va ekpertizasi, ehtimol tutilgan xavflarni boshqarish, kontrabandagi qarshi kurashish hamda bojxona auditi yo‘nalishlarida tajriba almashish yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi va Janubiy Koreya Bojxona xizmati o‘rtasida professional tayyorgarlik bo‘yicha tajriba almashish to‘g‘risidagi Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bundan tashqari, mehmonlar Davlat bojxona qo‘mitasining Vaziyat markazi, Bojxona tarixi muzeyi bilan ham tanishdi. Janubiy Koreya Bojxona xizmati delegatsiyasi tashrifi doirasida ko‘hna Samarqand shahrini ziyorat etdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston xorijiy mamlakatlardan 87,3 ...

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-fevral oyla...

ITBning Toshkentda o‘tadigan 46-yillik y...

Joriy yil 31 avgust - 4 sentyabr kunlari Toshkent shahrida Islom taraqqiyot banki (ITB) gu...

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirlig...

Juma kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘r...

So`nggi yangiliklar