Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2020   Siyosat

Janubiy Koreya COVID-19 ga qarshi kurash dasturi doirasida O‘zbekistonga 5 million dollar miqdorida yordam ajratadi


SEUL, 22 iyun. /«Dunyo» AA/. Bugun mamlakatimizning Seuldagi elchixonasida Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari byurosi bosh direktori Kim Pil Vu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida shu yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Koreya Respublikasiga rejalashtirgan tashrifi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi bo‘lajak tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida maxsus strategik sheriklikni yanada mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishni maqsad qilgan.

Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i O‘zbekistoni– Janubiy Koreya munosabatlari hamda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichini yuqori baholadi.

Kim Pil Vu O‘zbekiston Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim sherigi ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va yordamga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Janubiy Koreya hukumati COVID-19 dasturi doirasida to‘rtta mamlakatni qo‘llab-quvvatlash loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga ham 5 million dollar miqdorida yordam ajratishga qaror qilindi.

Uchrashuv yakunida Kim Pil Vu Byuro bosh direktori sifatida Toshkent bilan Seul o‘rtasida maxsus strategik sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishini ta’kidladi.

Mavzuga oid

Xalq ishonchini har birimiz o‘z joyimizd...

Prezident Shavkat Mirziyoev saylovchi va deputatning o‘zaro munosabatlariga axborot texnol...

Elchi Ravshan Usmonov: Pandemiya O‘zbeki...

“Dunyo” axborot agentligi muxbiri O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov bi...

O‘zbekiston Prezidenti: Qurolli Kuchlarn...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea – O‘zbekiston Respu...

So`nggi yangiliklar