Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyun/2020   COVID-19

Janubiy Koreya hukumati COVID-19 ga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 5 million dollar ajratadi


TOSHKENT, 29 iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun, 29 iyun kuni Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 5 million AQSh dollari miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shu munosabat bilan ushbu dasturni tez fursatlarda amalga oshirish maqsadida Koreya Respublikasi Xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan.

Ushbu ko‘mak doirasida COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan tibbiy muassasalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash, kadrlar malakasini oshirish, xususan, tibbiyot sohasi mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, COVID-19 haqida ma’lumot beradigan mobil ilovalarni ishlab chiqish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash kabi turli xil tadbirlar amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi tarqalishining dastlabki bosqichida mamlakatimizga Koreya Respublikasi ham yordam ko‘rsatgandi, xususan, professor Soy Chje Uk va Yun Sing Ju kabi malakali tibbiyot xodimlari mamlakatimizga maslahatchi sifatida kelib, epidemiyaga qarshi kurashda mahalliy mutaxassislarga yordam berdi.

Aprel oyining yakunida esa mamlakatimizga umumiy qiymati 250 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan diagnostika to‘plamlari taqdim etildi. Iyul oyida 300 ming dollardan ortiq qiymatga ega 35 million dona tibbiy niqob (KF 80/94) yuborilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, KOISA, Koreya Respublikasining xalqaro sog‘liqni saqlash va tibbiyot jamg‘armasi, Koreya Respublikasi suv resurslari korporatsiyasi va Koreya Respublikasining yer va uy-joy korporatsiyasi kabi turli xil tashkilotlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun oziq-ovqat va tibbiy buyumlarni yetkazib berish orqali o‘z yordamlarini taqdim qilmoqda.

Mavzuga oid

Karantin qoidalarini buzganlik uchun jaz...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommun...

O‘zbekistonda 30-iyul kuni 686 holatda k...

O‘zbekistonda 30-iyul kuni 686 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi.

Saudiya Arabistonidagi vatandoshlar davl...

2019-yil dekabr oyida O‘zbekistonning 80 nafarga yaqin fuqarosi mehnat shartnomasi asosida...

So`nggi yangiliklar