Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Iyul/2022   Hamkorlik

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasida O‘zbekiston delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi

SEUL, 21-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya bugun Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi (parlamenti) Spikeri Kim Chjin Pxyo bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Muloqot avvalida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Kim Chjin Pxyoni Janubiy Koreya parlamenti Spikeri lavozimiga saylangani bilan qutlar ekan, uning rahbarligida ikki mamlakat parlamentlararo aloqalari yana-da faollashishiga ishonch bildirdi.

Ochiq va ishonchli muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv siyosiy va diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni nazarda tutgan holda, O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yuqori darajasini taʼminlashda qonun chiqaruvchi organlarning muhim o‘rni hamda parlamentlararo hamkorlikning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga ijobiy taʼsiri qayd etildi. Shu munosabat bilan tomonlar ikkala parlamentda tashkil etilgan do‘stlik va hamkorlik assotsiatsiyalari va guruhlarining o‘zaro hamkorligini faollashtirish orqali parlament diplomatiyasini izchil kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

Kim Chjin Pxyo joriy yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha Komissiya tashkil etilgani ikki mamlakat o‘rtasida nafaqat parlamentlararo, balki barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun muhim qadam ekanini qayd etdi.

Milliy Assambleya Spikeri o‘zaro tajriba almashishni kengaytirishga, jumladan, O‘zbekistonda elektron parlament mexanizmlarini joriy qilishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida Koreya parlamenti Spikeriga batafsil maʼlumot berildi.

Kim Chjin Pxyo O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar jarayoniga yuqori baho berib, ular mamlakatning bardavom taraqqiyotini taʼminlash va aholi farovonligini yana-da oshirishga qaratilgan jarayonlarda muhim qadam ekanini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida qo‘shma tashabbuslar va hamkorlik dasturlarini ilgari surishda yuqori samaraga erishish maqsadida ikki mamlakat parlamentlari va hukumatlari o‘rtasida hamkorlikni yana-da kuchaytirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Mavzuga oid

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon en...

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Energetika vazirliklari Qo‘shma ishchi guruhining nav...

Janubiy Koreya kompaniyasi bilan chiqind...

27-28 aprel kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya for...

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Xalq...

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi raisi Tanzila Narb...

So`nggi yangiliklar