Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   Media

Janubiy Koreya OAV O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalariga e’tibor qaratdi


SEUL, 22 iyun /«Dunyo» AA/. Janubiy Koreyaning «The Korea Times» gazetasi veb-sahifasida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona hamkorlik aloqalariga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va ushbu markazi bo‘lim boshlig‘i Farrux Hakimov qalamiga mansub ushbu maqolada qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston ichki siyosatida kuzatilayotgan keng qamrovli islohotlar, ochiqlik va yangilanishlar, mamlakatning tashqi siyosatida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Materialda yozilishicha, O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatida mintaqa va global darajada faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yib, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirmoqda. Bunday izchil, aniq va konstruktiv tashqi siyosat xalqaro ekspertlar va kuzatuvchilar tomonidan ham e’tirof etilyapti.
«Jahon bo‘ylab tarqalgan koronavirus infeksiyasi va global darajadagi inqirozli xavf-xatarlar davrida ham O‘zbekiston mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlab, mintaqa davlatlari va jahon hamjamiyati bilan hamkorlik aloqalarini davom ettirishga alohida etibor qaratdi, - deb yozadi mualliflar. - O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy vazifalaridan biri – o‘z hududi atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo‘nalish sifatida belgilab berdi».
 Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan chegaradosh mintaqadagi yagona davlat. Mamlakatdagi har qanday siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohadagi o‘zgarishlarning bevosita mintaqaga ta’sir e’tishi hamda Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi mintaqaning barcha davlatlari manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo‘lmoqda. 
«O‘zbekistonning bugungi tashqi siyosati, xususan, yaxshi qo‘shnichilik va pragmatik mintaqaviy siyosati davlatning xalqaro nufuzini oshiribgina qolmay, Markaziy Osiyoning barqaror va ulkan imkoniyatlarga ega hamkorlik makoniga aylanishiga xizmat qilmoqda», - deb yozadi «The Korea Times».

Mavzuga oid

O‘zbekistonda keksa avlod vakillariga be...

Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga eʼtibor va g‘amxo‘rlik qilish, ularga hurmat-ehtiro...

Kuvayt matbuotida Markaziy va Janubiy Os...

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar ma...

«New Delhi Times»: O‘zbekiston Prezident...

Hindistonning yetakchi gazetalaridan biri - «New Delhi Times» veb-sahifasida bosh muharrir...

So`nggi yangiliklar