Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Dolzarb

Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Prezidentining Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitidagi ishtiroki haqida


SEUL, 1 dekabr /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning nufuzli nashrlaridan biri - «The Korea Post» jurnali o‘z rasmiy veb-sahifasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 28 noyabr kuni Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n beshinchi sammitidagi ishtirok haqida maqola chop etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbari sammit ishida xalqaro va mintaqaviy vaziyatga, davom etayotgan pandemiya sharoitidagi iqtisodiy qiyinchiliklarga eʼtibor qaratib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator aniq takliflarni ilgari surdi.

 «Prezident Shavkat Mirziyoyev tashkilot doirasida yangilangan va keng qamrovli Savdo bitimini ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etib, mazkur hujjatda savdo to‘siqlarini bartaraf etish, bojxona tartiblarini raqamlashtirish, hozirgi vaqtda dolzarbligi tobora oshayotgan elektron savdoni keng tadbiq etish masalalari o‘z ifodasini topishi zarurligini taʼkidladi», deb yozgan nashr.

Janubiy Koreya jurnalida eʼlon qilingan materialda Shavkat Mirziyoyev BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YUNIDO) va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun (SPEKA) Maxsus dasturi bilan hamkorlikda tashkilot doirasida Savdo, investitsiyalar va innovatsiyalar markazini tashkil etish hamda uning qarorgohini Toshkent shahrida joylashtirishni taklif qilgani haqidagi  axborotlar mushtariylar eʼtiboriga havola qilingan.

«O‘zbekiston Prezidenti sammit ishtirokchilari eʼtiborini yana bir muhim yo‘nalish – mintaqadagi mavjud transport yo‘laklaridan unumli foydalanish va yangilarini yaratishga qaratib, mintaqalararo tranzit xablarini tashkil etish, zamonaviy transport va yo‘l infratuzilmalarini rivojlantirish, transport va tranzit tariflarini optimallashtirish hamda qo‘shimcha chegirmalarni taqdim etish, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish shartlarini yengillashtirish, transport sohasini raqamlashtirish masalalariga aniq yechimlar topish muhim ekanini taʼkidladi», - deb yozadi  «The Korea Post».

Mavzuga oid

Alberto Turkstra: O‘zbekistonning IHKga ...

Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti dastur direktori Alberto Turkstra BMT Bosh assambleya...

MAGATE O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ya...

2021 yilning oxiriga qadar O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti (YA...

Tanzila Norboyeva: O‘zbekistonda byudjet...

Xabar berganimizdek, bugun Buxoroda «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamen...

So`nggi yangiliklar