Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2022   Ta'lim

Janubiy Koreya tomonidan Tegu shahrida O‘zbekiston madaniy festivalini o‘tkazish taklifi bildirildi

SЕUL, 24-yanvar. /«Dunyo» AA/. Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti qoshidagi Ipak yo‘li va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasiga O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan Navro‘z bayrami arafasida Tegu shahrida O‘zbekiston madaniy festivalini o‘tkazish taklifini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasidan ma’lum qilinishicha, mazkur tadbir doirasida o‘zbek filmlari namoyishi, milliy musiqa va raqs chiqishlari hamda O‘zbekiston madaniyati va mamlakatimizning turli sohalarda qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlariga bag‘ishlangan davra suhbatlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, 2021 yil noyabr-dekabr oylarida mazkur institut tomonidan Janubiy Koreyaning Andong shahrida milliy kiyimlar ko‘rgazmasi tashkil etilgan va uning doirasida O‘zbekiston kunlari o‘tkazilgan edi.

Shuning munosabati bilan Janubiy Koreya tomoni festival kunlari o‘zbek filmlarini namoyish etish uchun «O‘zbekkino» milliy agentligidan «Issiq non», «Rangsiz tushlar» va yana boshqa qator badiiy filmlar  taqdim qilinishini so‘ramoqda. 

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki,  Kemyong universiteti qoshidagi  Ipak yo‘li va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti Koreya Respublikasidagi Markaziy Osiyo mintaqasini o‘rganish sohasidagi eng yirik muassasalardan biri hisoblanadi. Institut 2014 yilda tashkil etilgan.

Shu kunlarga qadar mazkur institut tomonidan O‘zbekiston tarixi, madaniyati va turli sohalarda jahon sivilizatsiyasining ravnaqiga qo‘shgan salmoqli hissasini targ‘ib qilish bo‘yicha 2 ta kitob va ko‘plab ilmiy maqolalar chop etilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan O‘zbekiston davlat konservatoriya...

Xorazm viloyatida fransuz tilini o‘rgani...

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomi...

O‘zbekiston elchixonasi AQSH oliy taʼlim...

Vatandoshlar orasida ommabop bo‘lgan O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi huzuridagi missiyasi...

So`nggi yangiliklar