Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Media

Janubiy Koreyada chop etiladigan «Yevroosiyo va turkiy tillar tadqiqoti» jurnalining navbatdagi soni Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlandi


SЕUL, 16 sentabr. /«Dunyo» AA/. Yevroosiyo turkshunoslik institutining «Yevroosiyo va turkiy tillar tadqiqoti» jurnalining joriy yildagi ilk soni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlandi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Nashrda Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy ilmiy-merosi haqidagi ilmiy maqolalari chop etilgan.
Jurnalda e’lon qilingan ushbu mavzudagi materiallarda Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostoni, Sulton Abu Said Mirzo va Xitoy imperatorlarining tavsifi, «Mezon ul-avzon» asarining nazariy tahlili, Alisher Navoiy va Abdulla Morvarid maktublarining adabiy-ma’rifiy ahamiyati va boshqa qator jihatlar keng yoritilgan.
Bundan tashqari nafaqat turkiy tilli xalqlar, balki dunyo adabiyoti merosiga katta hissa qo‘shgan Alisher Navoiy asarlari orasida «Xamsa» asarining nihoyatda muhim o‘rin egallashi, shoirlar sultoni bu buyuk asari bilan turkiy adabiyotda «Xamsa» yaratish an’anasini boshlab, uni eng yuksak cho‘qqiga ko‘targani tilga olingan. 
Navoiy «Xamsa»si turkiy tilida ham bu kabi yirik ko‘lamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab bergani ko‘rsatib o‘tilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisining maqolasi Xitoyni...

O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidovning «China Daily» xalqaro kundalik gazet...

O‘zbekiston va Hindiston yetakchilari on...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida...

O‘zbekistondan qovun eksporti hajmlari j...

Germaniyaning “Fruchtportal.de” nashri veb-sahifasida ana shunday sarlavha ostidagi maqola...

So`nggi yangiliklar