Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Oktabr/2021   Vatandoshlarimiz

Janubiy Koreyada mehnat qilayotgan vatandoshimiz Samarqand viloyatida intensiv uzumchilik va bog‘dorchilik fermer xo‘jaligini tashkil qildi


SEUL, 26 oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi «Oltin daftari»ga kiritilgan Janubiy Koreyada faoliyat olib borayotgan tadbirkor yurtdoshimiz Samarqand viloyatida o‘zining investitsion loyihasini amalga oshirishga kirishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizning salohiyatidan samarali foydalanish, ularning yurtimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishi va mamlakat iqtisodiy ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz bilan muntazam ravishda muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yurtdoshlarimizning takliflari respublika mahalliy davlat organlariga o‘rganib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish uchun yuborilmoqda. Hozirgi kunda diplomatik muassasa ko‘magida vatandoshlar va tegishli viloyat hamda tuman hokimliklari vakillari o‘rtasida doimiy muloqotlar tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Natijada chet elda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz orasidan O‘zbekistonda o‘zlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan fuqarolar soni kundan kunga ortib bormoqda.

Jumladan, Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan yurtdoshimiz Bobur Shamsiyev 150 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish orqali zamonaviy intensiv uslubdagi uzumchilik va bog‘dorchilik fermer xo‘jaligini tashkil qilish istagini bildirgan. Mazkur tashabbus Samarqand viloyati Payariq tumani hokimligi tomonidan qo‘rib chiqilgach, tumanning «Do‘stlik» mahallasi hududidan loyihani amalga oshirish uchun 25 gektar yer maydoni ajratildi.

Bobur Shamsiyevning moliyaviy ko‘magi asosida uning oila a’zolari tez orada fermer xo‘jaligini barpo etishga faollik bilan kirishdi. Hozirga qadar kerakli zarur mashina-texnika vositalari va uskunalar olib kelindi. Joriy yilda xo‘jalikka qarashli 2 gektar yer maydonidan dastlabki hosil yig‘ib olingan.

- Amalga oshirilayotgan loyihadan ko‘zlangan maqsad – qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish va kelajakda sifatli eksportbop uzum va meva mahsulotlari yetishtirib berishdan iborat, - dedi Bobur Shamsiyev. - Bu orqali O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz.

Mavzuga oid

Janubiy Koreyada bo‘lib turgan o‘zbekist...

Fuqarolarning sayyor qabuli Janubiy Koreyaning Tegu shahridagi "Samarqand" restoranida bo...

AQSHda Shavkat Mirziyoyevning parlamentg...

AQSHda O‘zbekiston Prezidentining parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasini katta qiziqish bi...

YUNISEF vakili: O‘zbekistonning «Mehr» o...

BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzad...

So`nggi yangiliklar