Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Yanvar/2022   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

Janubiy Koreyada vaqtincha ishlayotgan migrant-vatandoshlarimizning mehnat va yashash sharoitlari o‘rganilmoqda

 SEUL, 8 yanvar. /“Dunyo” AA/. Koreya Respublikasiga 2021 yilning dekabr oyida kirib kelgan o‘zbekistonlik ishchilarning yashash va mehnat sharoitlarini o‘rganish maqsadida monitoring olib borilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xususan, joriy yil 6 yanvar kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shaxridagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan 2021 yil 13 dekabr kuni mazkur mamlakatgan kelgan va 10 kunlik karantindan so‘ng Kvanju shahridagi «Ko Kvang» rom ishlab chiqarish zavodida ishga joylashgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Monitoring davomida fuqarolarimiz munosib mehnat va yashash sharoitlari bilan taʼminlanganligi aniqlandi.

Yurtdoshlrimiz bilan muloqot chog‘ida vakolatxona faoliyati haqida  batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, mazkur zavod ish beruvchisi fuqarolarimizning mehnatsevarligini taʼkidlab, kelgusida ularga koreys tilini puxta o‘rganishi uchun ko‘proq vaqt ajratilishini bildirdi.

Qayd etish kerakki, 7 yanvar kuni yana 2 ta reys orqali O‘zbekistondan 98 nafar vatandoshimiz Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib keldi.

Inchon xalqaro aeroportida fuqarolarimiz tashkiliy tarzda kutib olindi. Ularga karantin davrida belgilangan tartib va qoidalarga qatʼiy rioya qilish muhim ekanligi tushuntirildi.

Belgilangan tartibga muvofiq, 10 kunlik karantin davri hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tilgandan so‘ng fuqarolarimiz ish joylariga yetib borishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston AQSH shtatlari bilan o‘zaro ...

Elchi Javlon Vahobov Delaver shtati ishbilarmon doiralari vakillari bilan aloqalar o‘rnati...

Belgiyada vatandoshlarimiz ishtirokida t...

Chet elda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, vat...

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsul...

Mamlakatimizning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi so‘nggi paytlarda vakolatxonaga konsullik ...

So`nggi yangiliklar