Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Noyabr/2020   Jamiyat

Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasiga O‘zbekiston milliy ensiklopediyasining to‘liq nashri taqdim etildi


SEUL, 21-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Seuldagi  elchixonasida yaqinda tashkil etilgan jamoat tashkiloti – Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi boshqaruv hayʼati aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda uyushma faoliyatini samarali tashkil etish, ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat qilayotgan, tahsil olayotgan yoki boshqa maqsadlarda bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz ishirokida turli tadbirlar tashkil qilish, ularga maslahat va ko‘mak berish, boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Muloqot davomida, shuningdek, Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi faoliyatini muntazam qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashildi. Bu borada dastlabki qadam sifatida tashkilotga 12 jilddan iborat O‘zbekiston milliy ensiklopediyasining to‘liq nashri taqdim etildi.

O‘z navbatida, uyushma boshqaruv aʼzolari mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasiga minnatdorlik izhor etib, kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da faollashtirish istagini bildirdi.

 

Mavzuga oid

«WorldSkills Russia» O‘zbekistonda «Worl...

«WorldSkills Russia» birlashmasi O‘zbekistonda «WorldSkills» harakatining operatori hisobl...

«ArMI-2020» VI Xalqaro armiya o‘yinlari ...

Qo‘qonda «Yo‘l patruli» bellashuvi tantanali ochildi

INSON SHAʼNI ULUG‘LANAYOTGAN YURT

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashti...

So`nggi yangiliklar