Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyul/2022   Sanalar

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar: O‘zbekiston Davlat gerbi – muqaddas ramz, uni kattayu kichik birdek qadrlaydi

SEUL, 3-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz va mamlakatimiz do‘stlari o‘z tabriklarini yo‘lladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.


Kim Min Xe, Xanguk xorijiy tillar universiteti talabasi:

– Men o‘zbekistonlik do‘stlarimni davlat gerbi qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Albatta, davlat ramzlari doimo ulug‘ va muqaddas sanalgan. Chunki unda har bir xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi aks etadi.

Shunday ramzlardan biri shubhasiz davlat gerbidir. Chunki u davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, o‘zida milliy-madaniy anʼanalarni mujassamlashtiradi. Unga katta ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning burchi sanaladi.

O‘zbekistonda ham davlat ramzlari tasdiqlangan kun keng nishonlanishidan xabarim bor. Bu juda yaxshi odat. Chunki, davlat va millatning mavjudligi, uning orzu-istaklari va o‘ziga xosligi uning ramzlarida aks etadi.

Bunday kunni katta tantanalar bilan nishonlash esa har bir fuqaro uchun katta sharaf, deb o‘ylayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Rahmatilla Jo‘rayev, Pukyong universiteti talabasi:

– Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

Bu yil mustaqil respublikamizning “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganiga ham 30 yil to‘ldi.

Albatta davlat va millatning mavjudligi, uning orzu-istaklari, tafakkur tarzi, ruhiyati va o‘ziga xosligi uning ramzlarida aks etadi.

Davlat ramzlariga boqib yoki ularda ifodalangan maʼno-mohiyatni o‘qib o‘zimiz uchun, yurtimiz uchun, kelajak avlod uchun dolzarb ahamiyatli tuyg‘ularni tuyamiz.

Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni mustaqilligimiz ramzi bo‘lgan Davlat gerbi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinganining 30 yilligi bilan tabriklayman.

Abdulla Ziyodullayev, Janubiy Koreya dengizchilik va okeanologiya universiteti doktoranti:

– Davlat va millatning mavjudligi, xalqning mentaliteti, orzu-o‘ylari, tafakkur tarzi, ruhiyati va o‘ziga xosligi uning ramzlarida aks etadi. Shu sababdan ramzlar shu yurt uchun eng muqaddas qadriyat sifatida baholanadi.

Albatta, davlat ramzlari bizlarga kim ekanligimizni anglatib turishi bilan yana-da qadrli. Davlat ramzlari orasida davlat gerbi ham alohida ahamiyatga ega. Chunki unda xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagi aks ettirilgan. Qolaversa, davlat gerbi - davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, o‘zida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiradi. Unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning burchidir.

Ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.

Ushbu qutlug‘ sana bilan barcha yurtdoshlarimizni va tengdoshlarimni muborakbod etaman.

Sitora Obidova, Kvangvon universiteti talabasi:

– O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari - bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, tinchligi va barqarorligi timsoli bo‘lib, el-yurtimizning g‘ururi, iftixori bo‘lgan ramzlarda tariximiz, boy maʼnaviy-madaniy merosimiz, milliy urf-odat va anʼanalarimiz o‘z ifodasini topgan.

Shunday ramzlarimizdan biri shubhasiz davlatimiz gerbidir.  Undagi har bir rang, har bir belgida o‘ziga xos maʼno mujassam.

Xususan, afsonaviy Humo qushi baxt va erksevarlik timsoli hisoblanadi. Bu adolat tamoyiliga asoslangan davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning mohiyati haqida so‘zlaydi.

Purviqor tog‘lar, daryolar, bug‘doy boshoqlari, chanoqlarda ochilgan g‘o‘za, gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turishi esa o‘xshashi yo‘q diyorimiz maftunkorligiga o‘ziga xos ishoradir.

Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni davlatimiz gerbi qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan tabriklayman. Vatanimiz mustaqilligi, taraqqiyoti va istiqboli, salohiyatining ramzi bo‘lmish davlat gerbi g‘urur, faxr, buyuk ajdodlarimizga munosiblik va masʼuliyat tuyg‘ularini qalbimizda jo‘sh urdiraversin.

G‘anisher Qo‘ldoshev, Donguk universiteti magistranti:

– Har qaysi millatning ezgu amallari, ularning urf odatlari va anʼanalari davlat ramzlarida aks etgan. Davlat ramzlari Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalqimiz hamjihatligi yo‘lida barchamizni birlashtirishi bilan ham qadrlidir.

Vatan timsollari biz uchun g‘urur va or demakdir. Ularni muqaddas bilish, eʼzozlash chin insoniy, ham vatanparvarlik burchimizdir.

Gerbimiz mamlakatimizning barcha anʼana va urf-odatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Markazdagi Humo qushi baxt, davlatmandlik ramzi, erk, saodat, himmat, olijanoblik, omad timsoli hisoblangan.

Paxta va g‘arq pishgan bug‘doy boshoqlari xalqimizning rizqi butun ekanligini ifodalaydi. Sakkiz qirrali yulduz tasviri esa mamlakatimiz jipsligi ramzi bщlsa, yarimoy qo‘lga kiritilgan mustaqilligimizni, yulduz esa saodatga eltuvchi yo‘lni tanlaganimizni bildiradi.

Bugun barcha davlat idoralari, xorijdagi vakolatxonalar peshtoqlarida gerbimiz joy olgan. Men xorijda tahsil olayotgan talaba sifatida har doim elchixonamiz binosiga kelganimda birinchi bo‘lib ko‘zim hilpirab turgan Vatanimiz bayrog‘i va elchixona peshtoqidagi gerbimizga ko‘zim tushadi. Shunda qalbimda katta g‘urur  va iftixorni, Vatanga bo‘lgan sog‘inchni his etaman.

Mavzuga oid

Alisher Navoiy ijodiy merosi Germaniyada...

Joriy yil o‘zbek xalqining buyuk shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi hazrat Alisher Navoi...

Ukrainada Navro‘zi olam bayrami nishonla...

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tomonidan Lvov shahrida Navro‘z umumxalq bayrami n...

Kuvaytda Navro‘z shukuhi

Mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi

So`nggi yangiliklar