Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Iyul/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar: Biz ham mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida faol qatnashishni o‘z burchimiz deb bilamiz

SEUL, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini yo‘llamoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Odiljon Karimov, Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi hamraisi:

– Asosiy qonunimizda “Miranda qoidasi”ni mustahkamlashni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

“Siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz aytganlarning hammasi sudda o‘zingizga qarshi foydalanilishi mumkin” – bu so‘zlar biz uchun tergov jarayonlari tasvirlangan ko‘plab kino va seriallar orqali maʼlum.

Konstitutsiyamizga “Miranda qoidasi” kiritilishi jinoiy ish har tomonlama xolis va adolatli tergov qilinishiga xizmat qiladi.

Kelajakda ushbu bildirilgan takliflar har bir fuqaro haq-huquqining himoya qilinishini taʼminlaydi.

Mohichehra Rahmatullayeva, SolBridge xalqaro biznes maktabi talabasi:

– Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli va izchil islohotlar Bosh qomusimizni real voqelikka, kechayotgan demokratik yangilanishlar mantig‘iga moslashtirishni, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratishni muhim vazifaga aylantirmoqda.

Bu galgi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar O‘zbekistonda bugungacha ishlagan “davlat-jamiyat-inson” tamoyili endi “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga o‘zgarishi natijasida barcha islohotlarning zamirida inson manfaatlarini taʼminlash vazifasi qo‘yilganligi bilan ajralib turadi.

Mamlakatimizda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini oila ekanligi Konstitutsiyamizda mustahkamlanganligi Bosh qomusimizni boshqa mamlakatlar konstitutsiyalaridan o‘ziga xosligini belgilagan. Aqlli, baxtli, shijoatli yoshlarni tarbiyalash va Uchinchi Renessansga zamin yaratish maqsadida maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, oliy taʼlim va fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsion darajada mustahkamlash ham bugungi kun talabidir.

Chet elda taʼlim olayotgan talabalarga taʼlim kreditlari berilishi borasida ham men o‘z takliflarimni bildirdim. Bu biz kabi xorijda o‘qiyotgan ko‘plab talabalar uchun zamonaviy bilimlarni egallab, istiqbolda yurtimiz ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shishida yaxshi imkoniyat bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Abdulla Ziyodullayev, Koreya dengizchilik va okeanologiya universiteti doktoranti:

– Xorijda bo‘lsak-da, mamlakatimizda ro‘y berayotgan jarayonlarga befarq emasmiz. Ayniqsa, so‘nggi 6 yil davomida mamlakatimizda ham ichki, ham tashqi siyosatda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlarni nafaqat xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat ham yuksak eʼtirof etmoqda.

Bugungi kunda Konstitutsiyamizni zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham bundan mustasno emas.

Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuv chog‘ida mamlakatimiz Konstitutsiyasiga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Prezidentimiz o‘z maʼruzasida to‘rtta ustuvor yo‘nalishga eʼtibor qaratib, ularning har biri bo‘yicha takliflarini aytdi.

Vatandan olisda bo‘lgan biz yoshlar ham mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida faol qatnashishni o‘z burchimiz deb bilamiz.

Mavzuga oid

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekisto...

Yaponiyadagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlarga o‘z m...

Saudiya Arabistonidagi vatandosh: O‘zbek...

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan Jidda shahrida y...

Fransiyadagi vatandosh: Yangi konstituts...

Kecha davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan o‘tkazgan uchrashuv...

So`nggi yangiliklar