Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Saylov - 2021

Janubiy Koreyadan munosabat: Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘zbek xalqining yana ko‘plab orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi


SЕUL, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Yevroosiyo turkshunoslik instituti direktori O In Kyong ushbu siyosiy tadbir yuksak tashkiliy darajada o‘tkazilganini e’tirof etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

- Saylovda ovoz berish jarayonida bir nechta saylov uchastkasida bo‘ldim. Ushbu voqelikni kuzatar ekanman, saylov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi talablari va xalqaro standartlarga to‘la mos holda, ochiqlik, oshkoralik va muqobillik tamoyillari asosida o‘tganiga guvoh bo‘ldim.

Saylovda bemorlar, imkoniyati cheklangan shaxslar, keksalar, bir so‘z bilan aytganda saylash huquqiga ega bo‘lgan barchaning ishtirokini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratildi.

Meni e’tiborimni tortgan yana bir jihat bu – saylovchilarning kayfiyati bo‘ldi. Ular xuddi bayramga kelgandek ko‘tarinki ruhda saylov uchastkalariga kelib, o‘zlari munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.

Albatta, xalqaro kuzatuvchi sifatida saylov natijalarini bilish men uchun ham muhim. Shu bois 25 oktabr kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingni internet orqali jonli efirda kuzatdim va saylovning dastlabki natijalarini eshitdim.

Dastlabki natijalar esa O‘zbekistonning yaqin besh yildagi taraqqiyotini belgilab berdi, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Prezidentlikka nomzodi ilgari surilgan Shavkat Mirziyoyevning birinchi Prezidentlik davrida mamlakat dunyo uchun ochildi. O‘zbekiston nafaqat qo‘shnilar, balki dunyoning ko‘plab yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan barcha sohalarda do‘stona hamkorlikni yanada rivojlantirdi. Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida xalq ishonchini oqladi.

Yaqin kelajakda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘zbek xalqining yana ko‘plab orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi. Tashqi siyosatda ham yanada faollik kuzatilib, O‘zbekistonning ko‘plab mamlakatlar bilan, xususan, Janubiy Koreya bilan munosabatlarida yangi sahifalar ochiladi.

Mavzuga oid

Turkiya nashri ko‘hna va zamonaviy O‘zbe...

Turkiyada nashr etiladigan «Yazar» gazetasi sahifasida “Har bir inson ko‘rishi kerak bo‘lg...

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida m...

O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 4–saylo...

Polshalik xalqaro kuzatuvchilar: O‘zbeki...

O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etgan Polshalik xalqaro kuzatuvchilar «Dunyo» AA...

So`nggi yangiliklar