Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Sentabr/2021   O’zbekiston dunyo nigohida

Janubiy Koreyadan munosabat:O‘zbekiston qadimdan ilmu maʼrifat markazi, madaniyat o‘chog‘i bo‘lib kelgan

SEUL, 21-sentyabr /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning nufuzli nashrlaridan biri - «The Korea Post» jurnali o‘z rasmiy veb-sahifasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi haqida maqola chop etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


«O‘zbekiston qadimdan ilmu maʼrifat markazi, madaniyat o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘plab daholar nomi nafaqat islom, ayni vaqtda jahon sivilizatsiyasi tarixida haqli ravishda oltin harflar bilan bitilgan», - deb yozadi «The Korea Post».

X asrda samarqandlik mutafakkir, «Imom al-Xuda» (Hidoyat yo‘lining imomi) nomi bilan shuhrat qozongan Abu Mansur Moturidiy tomonidan asos solingan Moturidiya taʼlimoti butun islom olamida keng tarqalgan.

Materialda O‘zbekistonda tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi taraqqiyotning yangi bosqichiga intilayotgan o‘zbek xalqining maʼnaviy-maʼrifiy barkamolligini yuksaltirishga xizmat qilish bilan bir qatorda, Uchinchi Renessans davrining ilmiy poydevori vazifasini bajaruvchi ilm-maʼrifat maskanlaridan biri bo‘lishi qayd etilgan.

Nashr Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini xalqaro miqyosda tashkil etish uchun jahonning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan yetuk olimlar va mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlantirilayotganiga alohida eʼtibor qaratdi. 

«Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo‘lgan allomalarning hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosini hamda moturidiylik taʼlimotini xalqaro jamoatchilikka yetkazish maqsadida Markazning Xalqaro ilmiy hayʼati tuzildi. Xalqaro hayʼat tarkibida xorijlik taniqli olimlar, jahonning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, mutaxassislar, Markaz ilmiy xodimlari va boshqalar kiritilgan», - deb yozadi «The Korea Post».

Mavzuga oid

«The Kabul Times»: O‘zbekistonning diniy...

Afg‘onistonda ingliz tilida chop etiladigan «The Kabul Times» gazetasida «AQSH Davlat depa...

Terrorizmga qarshi kurashda mintaqaviy h...

Hindistonda nashr etiladigan «Diplomatist» jurnali sahifasida “Toshkent anjumani xalqaro h...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbo...

Qohira shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidi...

So`nggi yangiliklar