Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Sentabr/2022   Hamkorlik

Janubiy Koreyalik hamkorlar bilan Qo‘qon shahrida barpo etiladigan “Hanshin Park City” loyihasi yuzasidan fikr almashildi

TOSHKENT. 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning yirik qurilish kompaniyalaridan biri - “Hanshin Engineering & Construction” boshqaruvi raisi Chxve Yon Son boshchiligidagi delegatsiya vakillari Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”AA muxbiri.


Muloqot chog‘ida Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan Qo‘qon shahrida amalga oshirishga kirishilayotgan “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish loyihasi muhokama qilindi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasining joriy yil mart oyida Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi doirasida Qo‘qon shahrida “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish bo‘yicha qiymati 250 million dollarlik investitsion kelishuv imzolangandi.

Kelishuvga ko‘ra, “Hanshin Engineering & Construction” kompaniyasi Qo‘qon shahrida 9, 12 va 16 qavatli 5122 xonadondan iborat 127 ta ko‘p qavatli turar-joy binosi, taunxauslar, markaziy bog‘, maktab, bolalar bog‘chasi va boshqa zarur ijtimoiy obyektlardan iborat “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etadi.

Turar-joylarning yer osti qavatlaridan avtoturargohlar ham o‘rin oladi. 3 yillik reja asosida amalga oshiriladigan loyihaning dastlabki bosqichida jami 206 ta xonadondan iborat 6 ta 9 qavatli turar-joy binosi qad rostlaydi.

Muloqot chog‘ida tomonlar ushbu yirik loyihani amalga oshirish borasida atroflicha fikr almashdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Xalqaro elektraloqa ittifoqi...

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlan...

O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreya...

Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bu...

Dehlida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Hindis...

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining tashrifi doirasida Dehli shahrida O‘zbekiston Bosh ...

So`nggi yangiliklar