Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Oktabr/2021   Madaniyat

Janubiy Koreyalik talabalar ishtirokida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

SЕUL, 20-oktabr. /«Dunyo» AA/. Xankuk xorijiy tillar universitetida mazkur oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari, o‘zbek tilini o‘rganayotgan Janubiy koreyalik talabalar hamda O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi xodimlari ishtirokida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 


Ishtirokchilarga O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishi barobarida, so‘nggi yillarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘zbek tili bugungi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki ko‘plab xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarida, jumladan Janubiy Koreyaning Xankuk xorijiy tillar universitetida ham o‘qitilayotgani alohida qayd etildi. 

O‘zbek tilini qunt bilan o‘rganayotgan mahalliy talabalar ona tilini e’zozlash har bir insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidlab, bayram munosabati bilan barcha o‘zbekistonlik tengdoshlarini tabrikladi.

- Men ikki yildan beri o‘zbek tilini o‘rganmoqdaman, - deydi universitetning Markaziy Osiyo kafedrasi talabasi Kim Dong Seok. – O‘zbek tilining paydo bo‘lishi tarixi bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarni o‘tgandim. G‘oyat ko‘hna tilning qudratini o‘zbek xalq dostonlarida ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, ulug‘ alloma Mahmud Koshg‘ariy ona tilining ahamiyatini so‘zma-so‘z ko‘rsatgan bo‘lsa, shoirlar sultoni Alisher Navoiy uni eng yuksak san’at darajasiga ko‘targanini angladim.

Tadbir davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti olimlari tomonidan chop etilgan “O‘zbek tili. Xorijliklar uchun” o‘quv qo‘llanmasi Janubiy koreyalik talabalarga taqdim etildi.

Shundan so‘ng talabalar o‘zbek tilini ulug‘lovchi qator she’rlardan namunalar o‘qidi.

Mavzuga oid

Toshkentda «La Gioia» triosining konsert...

Joriy yil 5 mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Slovakiyaning «La Gioia» trio...

"O‘zbekkino" 8 mart munosabati bilan aks...

8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "O‘zbekkino" Milliy agentligi qator pr...

Belarusda O‘zbek kinosi kunlari boshland...

O‘zbek kinoijodkorlari delegatsiyasi «Listapad» XXVII xalqaro Minsk kinofestivalida ishtir...

So`nggi yangiliklar