28/Noyabr/2022 Hamkorlik
TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Dunyoda o‘ta yupqa mis folgasini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblangan “SK Nexilis” kompaniyasi (Janubiy Koreya) delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Delegatsiyaga “SK Nexilis”kompaniyasi vitse-prezidenti Kim Ki Te boshchilik qilmoqda.
Janubiy Koreya vakillari tashrif dasturiga ko‘ra Investitsiyalar va tashqi savdo va Energetika vazirliklari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va boshqa idoralarda muzokaralar o‘tkazadi.