Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/May/2023   Sayyohlik

Janubiy xitoylik sayyohlar O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurishadi

 GUANCHJOU, 29-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning GZL Travel kompaniyasi (GZL) vitse-prezidenti (tashqi turizm bo‘yicha kompaniya rahbari) Rut Xuan xonim bilan xitoylik turistlarni birlashgan xolda O‘zbekistonga sayohatlarini tashkil etish masalalari muhokama qildilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Uchrashuvda Xitoy tomoniga mamlakatimizda yaratilgan turizm infratuzilmasi, so‘ngi 6-7 yil ichida sohada olib borilgan islohotlar, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar turistik salohiyati va zamonaviy imkoniyatlari to‘g‘risida maʼlumot berildi.

GZL o‘z faoliyatini 1980 yildan buyon davom ettirib kelmoqda. Kompaniya bosh ofisi Guandun provinsiyasida joylashgan bo‘lib, bugungi kunda Xitoyning 27 ta yirik shaharlarida 100 dan ortiq filiallariga ega. 2015 yilda Xitoyning eng yaxshi turistik kompaniyasi maqomini olgan. 

Tomonlar, bugungi kunda Xitoyning Urumchi, Sian, Pekin va Chengdu shaharlaridan Toshkentga haftasiga 12 ta aviaparvozlarni amalga oshirilayotganligi taʼkidlab, ushbu yo‘nalishlar orqali xitoylik sayyohlarni mamlakatimizga tashriflarini ko‘paytirish maqsadida birgalikda amaliy tadbirlar o‘tkazish hamda o‘zaro “Silk Road” turizm brendini Janubiy Xitoy provinsiyalarida keng targ‘ib qilishga kelishib oldilar.

 Xitoy tomoni joriy yilning 15-17 noyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida qatnashish taklifini  mamnuniyat bilan qabul qildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati Du...

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va mahalliy turoperatorla...

O‘zbek xalqining milliy anʼanalari Ista...

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Istanbul texnik universitetida tashkil etilgan xalqaro ko‘z...

O‘zbekistonning turizm salohiyati Pusan ...

Koreya Respublikasining ikkinchi yirik shahri – Pusan shahrida turizmga bag‘ishlangan eng ...

So`nggi yangiliklar