Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Avgust/2020   O‘sish nuqtasi

Jarqo‘rg‘onda yiliga 1,1 million tonna sement ishlab chiqariladigan loyiha amalga oshirilmoqda


SURXONDARYO, 24-avgust. /«Dunyo» AA/. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida loyiha qiymati qariyb 144 million dollar bo‘lgan “Surxonsementinvest” xorijiy korxonasining birinchi bosqichi to‘liq ishga tushirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Korxona tomonidan qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha jami 6 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
 

Hozirgi kunda korxonaning birinchi bosqichi to‘liq ishga tushirilgan bo‘lib, mazkur loyihaning qiymati 78,9 million dollarga teng. Bunda xorijiy kredit liniyasi 31,5 million dollar, xorijiy investitsiya 47,4 million dollarni tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 450 ming tonna bo‘lib, korxona o‘z faoliyatini boshlashi bilan 700 nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Bu yerda Germaniya, Avstriya, Rossiya va Xitoydan zamonaviy texnologiya va uskunalar o‘rnatildi.

Sement ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichiga 65 million dollarlik investitsiya yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Natijada yiliga 700 ming tonna sement ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Zavod to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 1,1 million tonna sement ishlab chiqariladi va 750 ming tonna sement eksport qilinadi, jami 1 ming 125 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Keyingi bosqichlarda esa loyiha qiymati 5,5 million AQSh dollariga teng gidratlangan ohak, 2,9 million dollarlik quruq qurilish aralashmalari hamda 3,9 dollarlik temir-beton mahsulotlari tayyorlash loyihalari amaliyotga tatbiq etiladi. Natijada korxonada jami 1 ming 400 nafardan ortiq kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Mavzuga oid

2020-yil O‘zbekistonda 2,4 million kvad...

Mamlakatimizda qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ularning tannarxini arzonlashti...

Raymond Braun: investorlar O‘zbekistonda...

So‘nggi yillarda xorijiy investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi sezilarli darajada oshdi...

O‘zbekistonning quritilgan mevalari eksp...

O‘zbekistondan quritilgan mevalarni import qiluvchi Yaponiyaning "Global Silk Road Inc." k...

So`nggi yangiliklar