Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2022   Iqtisodiy diplomatiya

Jenevada O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/.  Kecha Jeneva shahrida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda JSTga aʼzo mamlakatlarning 60 dan ortiq delegatsiyalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan 25ta JSTga aʼzo-davlatlarning barchasi, shu jumladan AQSH, YEI, Buyuk Britaniya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqalar O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlab, Tashkilotga aʼzo bo‘lishi mamlakatning ko‘p tomonlama savdo tizimiga to‘liq integratsiyalashuviga imkon yaratishini, barcha aʼzo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirishga turtki berishini hamda global darajadagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning huquqiy tizimi kengayish jarayonini faollashtirishini taʼkidladi.

Tadbir ishtirokchilari davlatimiz rahbari boshchiligida Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot Strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan O‘zbekiston iqtisodiyoti va tashqi savdo rejimini erkinlashtirishning faol, pragmatik va chuqur o‘ylangan siyosatiga yuqori baho berdilar. Ularning taʼkidlashicha, Strategiya xalqaro hamjamiyat tomonidan keng tan olinib, to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘zbekistonning Tashkilotga aʼzo bo‘lish jarayoni doirasida, shu jumladan kengaytirilgan hujjatlar to‘plamini tayyorlash va mamlakat bozoriga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar olib borish doirasida JST bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tomonidan amalga oshirilgan saʼy-harakatlarning natijalariga ijobiy baho berildi.

Ishchi guruh yig‘ilishining ochilishida so‘zga chiqqan JST bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya raisi - Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov mamlakatimizning tashqi iqtisodiy siyosati doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishining muhimligi va mutlaq ustuvorligini taʼkidladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi jarayonini faol ilgari surish va yaqin kelajakda Tashkilotga aʼzo barcha manfaatdor davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash bo‘yicha qarori qatʼiy ekanligini tasdiqladi.

Tadbir kun tartibiga ko‘ra, Ishchi guruh O‘zbekiston tashqi savdo rejimi bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar, jumladan, Faktologik xulosa, JSTga aʼzo-davlatlar savollariga javoblar, iqtisodiy siyosat bo‘yicha maʼlumot, davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bojxona-tarif siyosati, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, sanoat subsidiyalarinin muhokamasiga kirishdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Jenevada AQSH, Yevropa Ittifoqi, Kanada, Braziliya, Shveysariya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Mo‘g‘uliston va boshqa JSTga aʼzo yirik davlatlar - O‘zbekistonning Tashkilotga aʼzo bo‘lish bo‘yicha Ishchi guruhi aʼzolari bilan tovar va xizmatlar bozoriga chiqish yuzasidan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh ko...

Kecha O‘zbekistonning Oqtovdagi Bosh konsuli Otabek Tursinbekov «Korgau-Astana» xususiy fo...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari ...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaz...

Polsha kompaniyasi O‘zbekistonda yuqori ...

Polshaning «Tri-Wall Polska» kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha direktori Dariush K...

So`nggi yangiliklar