Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Dekabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

Jiddada Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalarining vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi

JIDDA, 4-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borishga qaratilgan faoliyat doirasida mamlakatimizning Jidda shahridagi Bosh konsulligi tomonidan Saudiyaning “Swift News” elektron nashri bosh direktori Xolid al-Juayd hamda maslahatchilar Kamal Mustafa va Ahmad Shixata bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida saudiyalik sayyohlar va sarmoyadorlarni O‘zbekistonga yana-da kengroq jalb etish maqsadida mamlakatimizning investitsiya va sayyohlik salohiyatini hamda respublikamizda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlar haqidagi xabar-maqolalarni “Swift News” elektron nashrida joylashtirish masalasi atroflicha muhokama etildi.

O‘z navbatida, suhbatdosh mamlakatimiz bilan o‘zaro hamkorlikka qiziqish bildirar ekan, O‘zbekiston to‘g‘risidagi turli maqolalalarni  elektron nashr sahifalarida joylashtirib borishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Suhbatdosh o‘zaro hamkorlikni ushbu uchrashuv haqida hamda O‘zbekistonning turistik salohiyatiga oid axborot materiali chop etish, so‘ngra O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulidan ikki tomonlama munosabatlar va dunyodagi vaziyat bo‘yicha intervyu olishdan boshlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, nashr sahifasida yoritiladigan maqolalar mavzusi hamda “Swift News” elektron nashri ijodiy xodimlarining mamlakatimizga safarini uyushtirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama etildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijti...

Joriy yil 7 dekabr kuni Afg‘onistonda ingliz tilida chop etiladigan «The Kabul Times» gaz...

Ozarbayjon OAVda O‘zbekistonda xorijiy b...

«Kaspiy» gazetasining elektron shaklida «Xorijliklarga Toshkent va Samarqandda kamida 150 ...

Axborot resursida tarqatilgan taqiqlanga...

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning 2018 yil 5 sentyabrdagi «But...

So`nggi yangiliklar