Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2022   Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Jiddadan munosabat: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi ishtiroki anjumanning nufuzini yana-da oshirdi

JIDDA, 30-mart. “Dunyo” AA/. Shu yil 24-26 mart kunlari  mamlakatimiz poytaxtida bo‘lib o‘tgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya  forumida ishtirok etgan Islom hamkorlik tashkilotining Iqtisodiy masalalar departamenti direktori Lama Mahdi Adel Hammami mazkur xalqaro anjuman natijalari haqidagi fikrlarini birdirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


-Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro sarmoyaviy tadbir tashkiliy jihatdan oliy darajada tashkil etilganini eʼtirof etish kerak.  Forum  mazmunan iqtisodiy sohaning barcha qirralarini qamrab oldi. Jumladan, ishtirokchilarga O‘zbekistondagi barcha investitsiya loyihalari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Biz forum davomida so‘nggi yillar davomida O‘zbekiston hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlarning bevosita guvohi bo‘ldik. Respublikada investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishdik. Ularni juda yuqori baholayman.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida bevosita ishtiroki anjumanning nufuzini yana-da oshirdi. Davlat rahbarining forumdagi nutqida xorijiy investorlar uchun respublikada yaratilgan sharoitlar kafolatlanishini yana bir karra  qayd etdi.

O‘zbekiston rahbariyati va xalqining samimiy munosabati tufayli biz forum  ishtirokchilari o‘zimizni o‘z uyimizda yurgandek  his qildik.

 Muxtasar qilib aytganda, birinchi  Toshkent  xalqaro investitsiya forumiga o‘xshash tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi xorijiy sarmoyadorlarni O‘zbekistonga jalb etishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining birinchi Tosh...

Eronda ingliz tilida nashr etiladigan «Iran Daily» gazetasi sahifasida mamlakatimiz poytax...

Hind OAV o‘z o‘quvchilarini birinchi Tos...

Hindiston matbuoti mamlakat jamoatchiligini birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi ...

Fransiyalik ishbilarmon Kristof Fonten: ...

Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashayotgan Fransiyaning “Roxalex” kompaniyasi ...

So`nggi yangiliklar