26/Iyun/2022 Parlament
TOSHKENT, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) XI yalpi majlisidagi ishtiroki doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni turli sohalarda, shu jumladan TurkPA doirasida yana-da rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston 2019 yilda Tashkilotga qo‘shilganidan buyon TDT faoliyatida faol ishtirok etayotganini taʼkidlab, Bag‘dod Amreyev mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi, ishbilarmonlik va tadbirkorlik muhitini yaxshilash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni, respublikamiz tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi.
Uchrashuvda tomonlar TDTga aʼzo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini mustahkamlashda TDT rolini oshirish bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini amalga oshirish jarayonini, xususan, Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish masalasini ham muhokama qildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra joriy yilning kuzida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan TDT sammiti doirasida rasman taʼsis etilishi rejalashtirilayotgan Turkiy investitsiya fondini ishga tushirishga tayyorgarlik jarayonini tezroq yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Joriy yil kuzida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan TDT sammitida doirasida Turkiy investitsiya fondini ishga tushirish rejalashtirilmoqda
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Bishkekda TDT Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev bilan uchrashdi