29/Dekabr/2022 Eksport
TOSHKENT, 29=dekabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning yanvar -noyabr oylari mobaynida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 5,9 million AQSH dollari miqdoridagi 8,4 ming tonna apelsin olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, apelsin importi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,8 ming tonnaga oshgan.
Mamlakatimiz o‘tgan 11 oy ichida eng ko‘p apelsinni Misrdan (3 ming tonna), Eron (2,4 ming tonna), Turkiya (1,4 ming tonna), Janubiy Afrika Respublikasi (998,5 tonna), Qozog‘iston (356 tonna), Xitoy (71 tonna) va Rossiyadan (25,5 tonna) import qilgan.
Eslatib o‘tamiz: yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston dunyoning 106 mamlakatidan 2,8 milliard AQSH dollari miqdoridagi oziq-ovqat mahsulotlarini import qildi.